“Ayfonimni androidga almashtiraman” — 2023-yilda sotib olish uchun hamyonbop Xiaomi telefonlari

“Ayfonimni androidga almashtiraman” — 2023-yilda sotib olish uchun hamyonbop Xiaomi telefonlari

Mazkur maqolamiz so‘nggi yer qimirlashidan keyin “ayfonini” Androidda almashtirishga qaror qilgan yurtdoshlarimiz uchun maxsus taqdim etiladi.“Ayfonimni androidga almashtiraman” — 2023-yilda sotib olish uchun hamyonbop Xiaomi telefonlari

Kuni kecha sodir bo‘lgan yer qimirlashidan so‘ng tarmoqlarda foydalanuvchilar tomonidan iPhone telefonini istalgan Androidda almashtiraman” mazmunida postlar joylana boshlandi. Albatta, biz sizni “1 000-1 500 dollarga olgan ayfoningizni Redmi/Xiaomi’ga almashishga” chaqirmaymiz.


“Ayfon sotaman. Arzonga”/Twitter

Biroq agar qaroringiz jiddiy bo‘lsa, quyida sotib olish uchun ham narx, ham sifat jihatidan maqbul variantlar beramiz.

Xiaomi 13 smartfonlari har tomonlama qulay funksiyalarga ega: yengil korpus va yaxshi ishlash tezligi, kam quvvat sarfi hamda yangilangan dasturiy ta’minot + sifatli kamera.

Xiaomi 13 — Android operatsion tizimidagi tez ishlash, sifatli tasvir va videoga olish uchun yaxshi tanlov hisoblanadi. Xiaomi 13 ekrani nisbatan kichik bo‘lsa-da, ishlashi jihatidan anchayin kuchli. 


Qo‘shimcha afzalliklari:
  • Chidamli batareya (67 Vt) va tez quvvat olishi (0%dan 100%gacha 24 minutdan to‘ladi).
  • Chang va suvdan himoyalangan (IP68).
  • Yuqori sifatli displey va o'ylangan dizayn;
  • Yangi chipset va ishlash sifati.


Narxi 

Xiaomi 13 Lite narxi 8+128 Gb (black, blue, pink):

  • Elmakon — 5 099 000 so‘m.
  • Credit Asia — 5 980 000 so‘m. 


Xiaomi 13 12/256GB (qora)
  • Idea.uz — 16 992 000 so‘m.


Xiaomi 13 Pro 12/512GB (oq)
  • Idea.uz — 23 496 000 so‘m.