Popkorn rostdan ham dementsiya xavfini kamaytiradimi?

Улашиш:

Telegram kanallarda olimlarning tadqiqot natijalariga koʻra, popkorn dementsiya xavfini kamaytirishi haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

Shuningdek, butun donli mahsulotlarni kunlik iste’mol qilish miyani yoshartiradi, deb ta’kidlangan. 

HUKM: YOLG‘ON

Chikago loyihasi tadqiqotida olimlar o‘rtacha 75 yoshda bo‘lgan dementsiyaga chalinmagan 3300 nafar kattalarni tahlil qilishgan. 

Har uch yilda bir marta ulardan yaxlit donli mahsulotlarni qanchalik tez-tez iste’mol qilishlari so‘ralgan hamda kognitiv va xotira testlaridan o‘tishlari so‘ralgan. Masalan, so‘zlar ro‘yxatini eslab qolish yoki raqamlarni eslab qolish va ularni to‘g‘ri tartibda nomlash kabi vazifalar berilgan.

Olimlar kuniga 80 grammdan ko‘proq yaxlit donli mahsulotlarni iste’mol qilganlarning kognitiv faoliyati eng kam iste’mol qilganlarga qaraganda sekinroq pasayishini aniqladilar.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yaxlit donli mahsulotlar qondagi shakar miqdorini tartibga solish va ichak faoliyatini yaxshilashga yordam berishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Yaxlit don maxsulotlarini iste’mol qiladigan odamlar, shuningdek, katta ehtimol bilan sog‘lom turmush tarzini odat qilishgan bo‘lishadi, masalan, yaxshi uxlashadi yoki sport bilan shug‘ullanishadi, bu ham dementsiya xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Tadqiqot faqat kuzatuv xarakteriga ega bo‘lib, faqat popkorn iste’mol qilishning o‘zi dementsiya rivojlanishi xavfini kamaytirishini isbotlay olmadi.

Bundan tashqari, popkorn qo‘shimchalari bo‘lgan tuz, sariyog‘ va shakar hisobga olinmagan. Tadqiqotning chegaralanganligi shundan iboratki, ishtirokchilar qaysi yaxlit donli mahsulotlarni iste’mol qilganliklari haqida ma’lumot bermaganlar.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.