COVID-19 pandemiyasi nafaqat jismoniy salomatligida, balki odamlarning psixologik farovonligida chuqur iz qoldirdi. Virusdan qo‘rqish, ijtimoiy izolyatsiya va kelajakka nisbatan noaniqlik tashvishlanishning asosiy manbalariga aylandi. Odamlar tobora ko‘proq ushbu qo‘shimchalardan foydalanish infektsiyalar va kasalliklardan himoyalanishni kafolatlaydi, immunitetni ko‘taradi va tanani mustahkamlaydi, degan fikrga kela boshladi.
Biroq, bunday yo‘l tutish salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pincha BFQlar [1, 2, 3, 4] reklamalari mavjud bo‘lib, ular qisqa vaqt ichida sog‘liq muammolarini yechishga yordam berishni va’da qiladi. Biroq, bu rostdan ham shundaymi? BFQlar davolay oladimi va nima uchun katta va’dalarga aldanmaslik kerak.
BFQlar dori emas
Biologik faol qo‘shimchalar – oziq-ovqat xom ashyosini qayta ishlash yoki sun’iy yo‘l bilan olingan va oziq-ovqat bilan bevosita iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan yoki oziq-ovqatga qo‘shilgan kontsentratlar.
Biologik faol qo‘shimchalar terapevtik ta’sirga ega emas.
BFQlarni dori vositalaridan qanday ajratish mumkin?
Qonunga ko‘ra, BFQlar va oziq-ovqat qo‘shimchalarining reklamasi har bir holatda bu dori vositasi emasligi haqida ogohlantirish bilan birga kelishi kerak.
Agar bunday belgi bo‘lmasa-yu, lekin shubhalar qolsa, Sog‘liqni saqlash vazirligi veb-saytidagi reyestrni tekshirishingiz mumkin, shuningdek, BFQlar bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining @Sanepidmurojaatbot botiga murojaat qilishingiz mumkin.
*Dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar turli mahsulotlar hisoblanadi hamda ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va sertifikatlash alohida nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
BFQlar xavfsizmi?
Har doim emas. Turli mamlakatlarda BFQlarni qabul qilish jiddiy oqibatlarga olib kelgan holatlar qayd etilgan. Buning bir qancha sabablari bor:
Ko‘pincha BFQlar tayyorlanadigan o‘simliklar turli xil tarkibiy qismlardan iborat. Ulardan ba’zilari odamga yordam berishga qodir bo‘lsa ham, boshqalari kutilmagan reaktsiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Ba’zi BFQlardan farqli o‘laroq, dorilarning ta’siri bir necha bosqichda o‘rganiladi.
Bir qator omillar: o‘simliklarni terish shartlari va vaqtiga qarab moddalarning konsentratsiyasi partiyadan partiyaga farq qilishi mumkin.
Ro‘yxatga olish va ishlab chiqarish jarayonida BFQlar dori vositalariga nisbatan kamroq qat’iy talablarga ega.
BFQlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshimi?
Vitaminlar haqida gap ketganda, ko‘proq degani har doim ham yaxshi emas. Vitamin va mineral qo‘shimchalar retseptsiz sotilishi sababli, ko‘pchilik ularni xavfsiz deb o‘ylashlari mumkin. Biroq, ba’zi vitaminlarning katta dozalari tashxis qo‘ymasdan qabul qilinsa, organizm uchun zarar bo‘lishi mumkin. Misol uchun, ko‘p miqdorda C vitamini iste’mol qilish misning so‘rilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin, juda ko‘p fosfor esa kaltsiyning so‘rilishiga xalaqit beradi.
Xususan, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 35-moddasiga muvofiq ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalarning va oziq-ovqat qo‘shimchalarining reklamasi:
– ular dori vositalari hisoblanadi va (yoki) davolash xossalariga ega degan taassurotni uyg‘otmasligi;
– ularni qo‘llash natijasida odamlar davolanganligiga, ularning ahvoli yaxshilanganligiga doir muayyan hollarga havolalarni o‘z ichiga olmasligi;
– ularning qo‘llanilganligi munosabati bilan jismoniy shaxslar tomonidan bildirilgan minnatdorchilik izhorini o‘z ichiga olmasligi;
– sog‘lom ovqatlanishni rad etishga undamasligi kerak.
Har qanday oziq-ovqat qo‘shimchalarini qabul qilishdan oldin, shifokoringiz bilan maslahatlashishni unutmang.
Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.