Blinken Raisi o‘limidan so‘ng Eron xalqining ahvoli “yaxshilandi”, dedimi?

Улашиш:

Telegramdagi rossiyaparast Vesti.uz kanali AQSh Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken Kongressdagi tinglovda prezident Raisi vafotidan keyin “Eron xalqining ahvoli yaxshlandi”, degani haqida xabar tarqatmoqda.

HUKM: ROST

Seshanba kuni Davlat kotibi Entoni Blinken Eron prezidenti Ibrohim Raisining o‘limi munosabati bilan Qo‘shma Shtatlar nomidan “rasmiy hamdardlik” bildirdi va bu “vaziyatning normal kechishi” ekanini aytdi.

“Biz har doimgidek, davlatlar – raqubmi, dushmanmi yoki yo‘qmi – yetakchilarini yo‘qotganda hamdardlik bildiramiz”, – dedi u Tashqi aloqalar bo‘yicha Senat qo‘mitasiga.

Keyin senator Ted Kruz Davlat kotibi Raisi vafotidan keyin dunyo yaxshilandi deb hisoblaydimi, deb so‘radi.

U prezident sifatida qilgan dahshatli xatti-harakatlarini inobatga oladigan bo‘lsak, ha, Eron xalqi uchun, ehtimol, yaxshiroq ahvolda”, – dedi Davlat kotibi Blinken.

Ibrohim Raisi yakshanba kuni Eron shimoli-g‘arbidagi tumanli tog‘li hududda vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi.
Ibrohim Raisi vafoti munosabati bilan yetti davlatda milliy motam e’lon qilingan.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.