Aslida mavjud bo‘lmagan beshta tashxis

Улашиш:

Tibbiy yordam olish uchun murojaat qilganda, bemorlar tashxisni va unga asoslanib davolanishni kutishadi. Tasavvur qiling, hukmning haqiqatga hech qanday aloqasi bo‘lmasachi? Keling, mutaxassislar tasdg‘ini topmagan ba’zi mashhur tashxislar haqida gapiraylik.

Bunday mavjud bo‘lmagan diagnozlar muqobil tibbiyot tarafdorlari tomonidan o‘z usullari va xizmatlarini targ‘ib qilish uchun o‘ylab topolgan bo‘lishi mumkin. Simptomlarni noto‘g‘ri talqin qilish ham shunday tashxislarning paydo bo‘lishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin.

1-diagnoz. Gipoadreniya yoki buyrak usti bezlarining charchog‘i.

Bu muqobil tibbiyot sohasidani tijoriy diagnoz misolidir. 1998-yilda kasallikni ixtiro qilgan monual terapevt Jeyms Wilsonning so‘zlariga ko‘ra, gipoadreniya jismoniy va psixologik stress tufayli yuzaga keladi, bu go‘yo buyrak usti bezlari faoliyatini buzadi.

Biroq, buyrak usti bezlarining charchog‘i hech qanday kasallikning belgilariga mos kelmaydi. Stress buyrak usti bezining disfunktsiyasining asosiy sababi ekanligi haqida ishonchli dalillar yo‘q. Ko‘pgina zamonaviy odamlar bundan azob chekishadi, ammo ularning ko‘pchiligida buyrak usti bezining disfunktsiyasi belgilari yo‘q.

Buyrak usti bezlari juda kam kortizol ishlab chiqaradigan kasallik mavjud. Bu “buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi” deb ataladi. Biroq, uni bir qator omillar va bir nechta stresslar keltirib chiqaradi.

Birlamchi buyrak usti yetishmovchiligi buyrak usti bezlarining qobig‘i shikastlanishi tufayli rivojlanadi. Bu, masalan, autoimmun kasalligi yoki qon ketish natijasida yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, miyadagi gipofiz bezining ishlamay qolishi natijasi bo‘lishi ham mumkin.

E’lon qilingan tashxis bemorga so‘rovnoma asosida qo‘yiladi. Bemor hozirda yoki o‘tmishda doimiy stressni boshdan kechirganmi yoki yo‘qmi, ertalab turish qiyin bo‘lganmi, yo‘qmi degan savollarga javob berishi kerak.

Bu javoblar diagnoz uchun asos bo‘ladi. Tashxis qo‘yilgandan so‘ng, qoida tariqasida, BFQlar buyuriladi.

2-diagnoz. Ruhiy rivojlanishning susayishi.

Bu o‘tgan asrning 60-yillarida Sovet defektologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari tomonidan ixtiro qilingan psixologik-pedagogik tushunchadir.

Birinchi sinf o‘quvchilarining muvaffaqiyatlarini tahlil qilgandan so‘ng, defektologlar — nutq muammolari va ruhiy kasalliklarga chalingan bolalarga ta’lim beradigan o‘qituvchilar — bolalarning taxminan yarmi o‘quv dasturini o‘zlashtirishga qiynaladi, degan xulosaga kelishdi.

Ular birinchi sinf o‘quvchilarini ruhiy rivojlanishi sust bolalar yoki RRS deb atashni taklif qilishdi. Ular uchun tengdoshlariga yetib olishga yordam beruvchi  tuzatish dasturi ishlab chiqildi. Vaqt o‘tishi bilan ruhiy rivojlanishi sust bolalar psixologiyasiga kirib, psixologik tashxisga aylanib, maktabgacha yoshdagi bolalarga, ya’ni 5-6 yoshli bolalarga berila boshlandi. Sobiq SSSR davlatlaridan boshqa hech bir joyda bu tashxis qo‘llanilmaydi, u KXT-10 va KXT-11(Kasalliklarning xalqaro tasniflari)da mavjud emas.

RRS uchun aniq mezonlar yo‘q. Qoida tariqasida, tashxis ota-onalarning so‘zlari asosida, masalan, agar ular bola tengdoshlariga qaraganda kechroq yura boshlagan, gapira boshlagan yoki chiza boshlaganidan shikoyat qilsalar yoki juda unutuvchan, beparvo yoki impulsiv ko‘rinsa qo‘yiladi. 

RRSni umuman tibbiy tashxis deb hisoblash mumkin emas. Ta’rifga ko‘ra, bu rivojlanishning anomaliyasi bo‘lib, u ko‘pincha ta’limning dastlabki bosqichlarida aniqlanadi va bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, ta’lim talablariga moslashishda qiyinchiliklarda namoyon bo‘ladi.

3-diagnoz. Elektromagnit to‘lqinlariga yuqori sezuvchanlik.

Biror kishi elektromagnit maydonlar, masalan, simlar yoki maishiy texnikauning sog‘lig‘iga ta’sir qilishdan shikoyat qiladigan holatdir.

Bunday diagnoz mavjud emas, bemorlar uni o‘zlariga o‘zlari qo‘yib olishadi. Ular elektromagnit sezgirligi borligiga ishonch hosil qilib, odatda bu muammolar bilan terapevt va dermatologlarga murojaat qilishadi.

Simptomlar odatda o‘ziga xos va xilma-xildir. Ular teri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin — odatda qizarish, sanchish va qizish va umumiy holat — charchoq, diqqatni jamlash muammolari, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi,  yurakning tez urishi va ovqat hazm qilish muammolari.

Telefonlar, zaryadlovchilar, dazmollar yoki boshqa maishiy texnika vositalarining ishlashi paytida hosil bo‘ladigan elektromagnit nurlanishning odamlar salomatligiga ta’siri haqida hech qanday dalil yo‘q.

4-diagnoz. Autistik enterokolit

Birinchi marta gastroenterolog Endryu Ueykfild tomonidan e’lon qilingan, shuningdek, vaktsinalar va autizm o‘rtasidagi keng tarqalgan bog‘liqlikni birinchi bo‘lib taklif qilgan munozarali holat, autistik enterokolit autizmli odamlarda doimiy oshqozon-ichak yo‘li (OIY) muammolari sindromidir. Bolalarda oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolar chastotasi 9% dan 37% gacha, autizm spektrining buzilishi (ASB) bo‘lgan bolalarda esa 9% dan 84% gacha bo‘ladi.

Oshqozon-ichak yo‘li bilan bog‘liq muammolar orasida diareya, qorin shishishi, qorin og‘rig‘i va ich qotishi kiradi. ASB bilan og‘rigan bolalarda simptomlarni og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan muloqotdagi qiyinchiliklar, shuningdek, og‘riqni his qilishning o‘zgarishi tufayli baholash ba’zan qiyin.

Gastrointestinal simptomlar ASB ning asosiy belgilari bilan bir-biriga mos kelishi ham aniq. Ushbu korrelyatsiyalarga qaramay, ular o‘rtasida ilmiy sabab-ta’sir aloqasi topilmagan.

5-diagnoz. Vegetativ-qon tomir distoniyasi

Shifokorlar, agar terlashning kuchayishi, tez yurak urishi, bosh og‘rig‘i, nafas qisilishi, hushidan ketish va boshqalar kozatilgan o‘smir yoki bolani ko‘rsalar, vegetativ-qon tomir distoniya haqida gapirishadi. Aslida, bu holat alohida kasallik emas. Ushbu simptom kompleksi quyidagi hollarda kuzatilishi mumkin:

  • migren;
  • yuqori qon bosimi;
  • zo‘riqqan bosh og‘rig‘i;
  • qalqonsimon bezning patologiyalari;
  • depressiv va tashvishli kasalliklar sababli.

Bemorga tegishli davolanishni buyurish uchun shifokor ushbu asosiy sabablardan birini aniqlashi muhimdir. Vegetativ-qon tomir distoniya degan mashhur “tashxis”iga kelsak, uning ostida xavfli kasalliklar yashiringan bo‘lishi mumkin, ularni o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va davolash kerak.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.