Hamster Kombatga asoslangan qanday aldash ssenariylari mavjud?

Улашиш:

Hamster Kombat — bu mini-ilova, Telegramdagi bot bo‘lib, unda virtual tangalarni “ishlab olish” uchun hamster tasvirini bosishingiz kerak.

Yangi pog‘onalarda qahramonni takomillashtirish mumkin, bekamu-ko‘st kostyum va o‘zining “kripto kompaniyasi” paydo bo‘ladi. Tangalarni ko‘paytirish uchun siz passiv daromadni ulashingiz mumkin, shuningdek, rag‘batlantirish tizimi ham mavjud, do‘stlar taklif qilinsa, o‘yinchiga bonuslar taklif etiladi. Bu orqali o‘yinchilar soni ko‘pligining sababini tushunish mumkin.

Chiqarilganidan so‘ng bir oy ichida hamster tezda bir necha o‘n millionlab muxlislarga ega bo‘ldi. Bu muvaffaqiyat shunga o‘xshash kliker Notcoin bilan bog‘liq bo‘lib, u orqali NOT kriptovalyutasi ishga tushirilgan.

May oyida hamsterli Telegram kanali tarixda birinchi marta shunday tezlikda 11 million obunachiga ega bo‘ldi, ulardan 7,5 millioni bir hafta ichida qo‘shildi. 5-iyun holatiga ko‘ra, ilova sahifasi mualliflariga ko‘ra, foydalanuvchi auditoriyasi 100 millionga yetgan.

Hamster yaratuvchilari auditoriyani va’dalar, ya’ni tez orada airdrop (bepul tokenlarni tarqatish) bilan ushlab turadi, keyin esa listing (kriptovalyuta o‘yinini ishga tushirish va uni oldindan belgilangan kurs bo‘yicha o‘yin ichidagi valyutaga almashtirish) bo‘lishi va’da qilinadi.

Firibgarlar aldash uchun aynan quyida keltirilgan va’dalardan foydalanadilar

Mana ulardan ba’zilari:

1-fakt. Hamster Kombat Coin birjada debyut qiladi.

Yolg‘on. Aslida, ular xuddi shunday nomga ega bo‘lgan soxta Ton Hamster tangasini chiqardilar. Uning o‘yinga hech qanday aloqasi yo‘q edi. Keyinchalik ular tanganing fond birjasida ro‘yxatga olinishi haqida gapirgan kanalda raddiya paydo bo‘ldi.

2-fakt. Tokenlarni erta tarqatish boshlandi.

Feyk. Xorijiy ommaviy axborot vositalari bunday sxema haqida yozishni boshladilar. Firibgarlar soxta token tarqatishni boshladilar. Bu shunday ishlaydi: odam TON Wallet’da jabrlanuvchiga oz miqdorni o‘tkazadi, unda pul olish uchun havolaga rioya o‘tish kerak.

“Havolaga o‘tgandan so‘ng, TON Wallet’da fishing avtorizatsiya shakli ochiladi. Kiritilgan ma’lumotlar (telefon raqami, SMS kodi, bulutli parol, seed-ibora) firibgarlarga jabrlanuvchining Telegram akkaunti va hamyoniga kirish imkonini beradi. Keyin hamyon tozalanadi va akkauntdan jabrlanuvchining kontaktlarini aldash uchun foydalanish mumkin”, — deyiladi xabarda.

Mini-ilova o‘zining rasmiy kanaliga ega, unda yangi voqealar haqida bildirishnomalar paydo bo‘ladi. Biroq, bu foydalanuvchilarning tasdiqlanmagan ma’lumotlarni almashishiga va shubhali havolalarni bosishga to‘sqinlik qilmaydi.

3-fakt. O‘zbekistonda Hamster Kombat o‘yini uchun qamoqqa olishlari mumkin.

Qisman to‘g‘ri. O‘zbekistonda kriptoaktivlarni noqonuniy aylanmasi va noqonuniy mayning uchun ma’muriy va jinoiy jazo choralari mavjud.

2024-yil yanvar oyida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangilandi. Xususan, kriptoaktivlarni noqonuniy xarid qilish, sotish yoki ayirboshlash, litsenziyasiz kriptoaktivlar muomalasi sohasida xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar faoliyati uchun ular jinoyat sodir etish asboblarni va kriptoaktivlarni musodara qilish bilan 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olinishi yoki 20 dan 30 tagacha bazaviy hisob miqdorida jarimaga tortilishi haqida maqola paydo bo‘ldi. 

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi eslatishicha, 2023-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslari kriptoaktivlarni sotib olish, sotish va almashtirish bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali amalga oshirishlari mumkin. Agentlik, shuningdek, jazodan qochish uchun qonunga qat’iy rioya qilish zarurligini ta’kidladi.

Shunday qilib, mini-ilova o‘yin bo‘lib qolar ekan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlar yo‘q. Biroq, milliy bo‘lmagan xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar orqali kripto aktivlarining ehtimoliy noqonuniy savdosi qonunga muvofiq jazoga olib kelishi mumkin.

P.S. OAV o‘yin yaratuvchilari haqida ma’lumot topish qiyinligini ta’kidlamoqda. O‘yin saytining domeni Rossiyaning Ru-Center registratorida ro‘yxatdan o‘tgan, ammo manzil kimga tegishli ekanligi haqidagi ma’lumotlar yashirin. Shaffoflikning yo‘qligi firibgarlar foydasiga o‘ynashi mumkin.

Hamma hamster izdoshlari haqiqatan ham “oson pul” olishlari mumkinmi, bu javobsiz savol va bu ishonuvchan foydalanuvchilardan foyda olishni istaganlar uchun yana bir darcha.
Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.