“Bayden kamroq yiqilish uchun krossovka kiydi”: nima uchun bu jumla manipulyatsiya hisoblanadi?

Улашиш:

OAVda AQSh prezidenti Jo Bayden muvozanatni saqlashga yordam beradigan krossovka kiyishni boshlagani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Xususan, “Eurasia Daily” “Bayden kamroq yiqilib tushish uchun keng taglikli krossovkalar kiymoqda” sarlavhasi ostida “Fox News” yangiligining tarjima qilingan reraytini chop etdi. Materiallarga AQSh prezidentining ish kostyumi va krossovkadagi fotosurati ilova qilinadi.

Telegram kanallari (Newsach/DvachWebM 2.0) Daily Mail’ga tayanib shunday yozadilar: “Jo Bayden kamroq yiqilib tushishga yordam berishi uchun maxsus krossovkalar kiyishni boshladi”. “Daily Mail” prezidentning krossovkalariga atab kamida ikkita yangilik yozdi. 19-fevral kunidagi nashrda shunday deyiladi: “Bayden yiqilib yoki sirpanib ketmaslik uchun150 dollarlik baquvvat krossovka kiyadi”. 18-mart kuni nashr “Jo Baydenning 150 dollarlik zamonaviy krossovkalari 81 yoshli erkakning 2024-yilda qayta saylanish imkoniyatiga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan yiqilishning oldini olish uchun so‘nggi chora hisoblanadi” sarlavhasi bilan yangilik chiqardi.

Deyarli barcha nashrlarda gap “Hoka” brendi krossovkalari haqida ketayotgani aniqlangan.

Factcheck.kz tahririyati ushbu krossovkalar egasini chindan ham qoqilib ketishdan himoya qila oladimi, Bayden ularni haqiqatan ham shu sababli kiyadimi yoki yo‘qligini tekshirishga qaror qilishdi.

Manba: https://factcheck.kz/fastchesk/dzho-bayden-nadel-krossovki-chtoby-menshe-padat-pochemu-eto-manipulyatsiya/ 

HUKM: MANIPULYATSIYA

Jo Baydenning krossovkada paydo bo’lishi, ehtimol, tibbiy tavsiyalarga rioya qilish bilan izohlanadi. Biroq ommaviy axborot vositalari buni taqdim etishida sezilarli noxolislik bor: krossovkalarning o‘ziga xos brendi va modeli barqarorlikni sezilarli darajada yaxshilaydigan yoki prezident tashxisi uchun zarur deb hisoblangan maxsus poyabzal emas (u boshqa poyabzal kiygani ham ko’ringan). Jamiyat Baydenning yengil periferik neyropatiyasi haqida 2021-yilda xabardor bo’lgan. Oradan uch yil o’tdi va tashxisning o’zin endi yangilik emas. Shuni hisobga olsak, bu voqea shunchaki o’quvchilarga AQSh prezidentining kasalligini eslatishga urinishdek tuyiladi.

Xuddi shunga o’xshash tarzda, bir paytlar ommaviy axborot vositalarida Baydenning CPAP terapiyasidan foydalanishi haqida xabarlar tarqalgandi, bu aslida odamlar orasida keng tarqalgan sindrom — apnea uchun odatiy davolanish terapiyasidir. Shuningdek, bu yerda boshqa bir qancha feyklar (1234).

Syujet qanday paydo bo’ldi?

Jo Baydenning oyoq kiyimi haqidagi hikoyalar oldinroq, 2023 yilda boshlangan. Keyinroq ham ommaviy axborot vositalari prezidentning krossovka kiyishni boshlagani haqida qayta-qayta xabar berishdi. Masalan, “Men’s Journal” iyul oyida “Bayden hamyonbop Skechers krossovkalarining muxlisi” deb yozdi. Shu bilan birga, “Politico” AQSh prezidentining kundalik ishlarida, masalan, poyabzal tanlashda nozik o’zgarishlar bo’lganini ta’kidladi. “Fox News” boshlovchisi rasmiy tadbirlarda krossovka kiyish ko’chada shippak kiyish bilan bir xil ekanligini va Baydenda demensiya borligini aytdi.

17-mart kuni Jo Baydenning krossovkalari haqidagi yana bir yangilikka munosabat bildirgan “Fox News” quyidagi izohni e’lon qildi: “Prezident Baydenning yangi poyabzali uning sog’lig’i va jismoniy tayyorgarligi haqida yangi bahs-munozaralarga sabab bo’ldi. Ayrimlar buni prezidentning yiqilib tushishining oldini olish uchun qilingan deb hisoblashadi”.

“Bayden juda ko’p sayohat qilgani uchun yordamchilari unga oddiy krossovkalar kiyishni tavsiya qilmoqdalar”, deyiladi Respublikachilar Milliy qo’mitasi akkauntlaridan birining 17 mart kungi tvitida.

Kuzatuvchilar prezidentning poyabzalini “qayiq langari” va “ilgalar”ga o‘xshatishadi, biroq “Inside Edition” teledasturi sonlaridan birida aytilishicha, prezidentning yangi krosslari aslida “Hoka” poyabzal brendi tomonidan ishlab chiqarilgan kundalik krossovkalardir. Ular “yurish yoki sayr qilishda maksimal qulaylik va yordam uchun mo’ljallangan”.

Shunday qilib, “Fox News” publikatsiyasi “RNC Research” kompaniyasining tvitiga asoslangan bo’lib, u o’z navbatida 29-fevraldagi “Inside Edition” teleko’rsatuvidan olingan ma’lumotlarga asoslanadi. Oxirgi xabarlarga ko’ra, Bayden yaqinda Meksika chegarasiga safari oldidan krossovkalar kiyib olgan.

https://i0.wp.com/factcheck.kz/wp-content/uploads/2024/03/bezymyannyy.jpg?w=1460&quality=89&ssl=1

Ushbu syujetda jurnalist ayni krossovkalarni kiyib olgan holda kadrda paydo bo’ladi va ularning qulayligi, shuningdek, “Hoka” poyabzallari Amerika Ortopediya Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlanganligi haqida gapiradi. Reportajda prezidentning “oyoqlaridagi sensor periferik neyropatiya”dan aziyat chekayotgani aytiladi.

Shu bilan birga, ular o’n kun oldin Jo Baydenning “yangi krossovkalari” haqida yozishgan. “Daily Mail” gazetasi 19-fevral kuni xabar berishicha, prezident yiqilishning oldini olish uchun 150 dollarlik mustahkam krossovka kiyadi. Deyarli xuddi shunday yangilik 18-mart kuni ham resursda paydo bo’lgan.

Qizig‘i shundaki, 19-mart kuni “Daily Mail” gazetasi Bayden “krossovkalarni o‘ta katta tutqichli taglikka ega “aqlli” poyabzalga almashtirgani” haqidagi maqolani chop etdi. Biroq unga ilova qilingan fotosuratda biz prezidentning oddiy yarim sport broglari kiyganini ko’ramiz.

Maxsus krossovkalar?

Baydenning oyog’ida ko’ringan krossovka modeli (“Hoka Transport”) ishlab chiqaruvchining veb-saytida qo’shimcha an’anaviy texnologiyalarsiz nosimmetrik yostiqchaga ega deya tasvirlangan. Bu yostiqcha yurishning qulayligini ta’minlaydi xolos. Oyoq kiyim tezroq harakat qilganda mustahkam tayanchni ta’minlash uchun ishlab chiqilgan.

https://i0.wp.com/factcheck.kz/wp-content/uploads/2024/03/vatsuts.jpg?w=1460&quality=89&ssl=1

Periferik neyropatiya

Memorial Sloan-Kettering saraton markazining (AQSh) veb-saytida kishining muvozanati, koordinatsiyasi (tana harakatini nazorat qilish) va mushaklarga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan sensorli periferik neyropatiyasi bo’lgan odamlar uchun poyabzal tanlash bo’yicha tavsiyalar beradi:

“Oyoqlaringizni himoya qilish uchun krossovkalar yoki shunga yaqin oyoq kiyim kiying. Ular, shuningdek, muvozanatni yaxshilashga yordam beradi va notekis yo’llarda qo’l keladi. Bu, masalan, past poshnali, taglik tagida yupqa va qattiq qoplamali, sirpanmaydigan taglikli, dantelli yoki velkroli poyabzal bo’lishi mumkin. Ochiq tufli kiymang”.

Ya’ni, aslida, bunday tashxisli odam uchun nafaqat krossovkalar, balki, masalan, past taglikli yumshoq poyabzal ham mos keladi. Baydenda periferik neyropatiya tashxisi mavjudligiga kelsak, bu Oq uy tomonidan 2021-yilda chop etilgan tibbiy hisobot bilan tasdiqlangan.

https://i0.wp.com/factcheck.kz/wp-content/uploads/2024/03/bt44egws.jpg?w=489&quality=89&ssl=1

Unda oyoqlarda artrit va yengil periferik neyropatiya birikmasidan kelib chiqqan “yurishdagi kichik o’zgarishlar” haqida xabar beriladi. Umuman olganda, hisobotda ta’kidlanishicha, Jo Baydenning sog’lig’i prezidentlik vazifalarini bajarish uchun yetarli darajada deya baholanadi — shifokor bu kasalliklarni jiddiy muammo deb hisoblamaydi.

Tibbiy hisobotda mazmuni o’tgan yili ham, bu yil ham tasdiqlangan; Tibbiy tekshiruv natijalari 2021-yildan beri muntazam ravishda e’lon qilinadi.

Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.