“Krokus”da terrorizmda ayblanganlar Ukraina maxsus xizmatlariga aloqadormi?

Улашиш:

Qisqacha mazmun.   Rossiya Tergov qo‘mitasi “Krokus”da terrorizmda ayblanganlar va ukrainaliklar o‘rtasidagi aloqadorli, go‘yoki katta miqdordagi pul va kriptovalyutalar Ukrainadan terakt ijrochilariga o‘tkazilganligi to‘g‘risida dalillarni olganini bildirdi.

HUKM: MANIPULYATSIYA

Ommaviy axborot vositalari “Xuroson viloyati” bilan bog‘liq kripto hamyonni topdi. Terakt ishtirokchilaridan biri Shamsiddin Faridun terror hujumining ertasiga xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsga olingan va qiynoqqa solingan. U qiynoqqa solingan videoda ular terakt uchun va’da qilingan summa haqida gapirgan. 

Bu summa jurnalistlar kripto hamyonidan topganiga teng miqdorda bo‘lib, teraktdan so‘ng Shamsiddin Faridun tomonidan e’lon qilingan summaga teng mablag‘ hamyondan chiqarilgan. 

Qo‘lga olinganlar so‘roqlar davomida ularning Ukraina bilan aloqasi haqida so‘z yuritishmagan. “Xuroson viloyati” jangarilarining pul o‘tkazmalari ByBit birjasi orqali amalga oshirilganligini hisobga olsak, hatto Ukrainadan ayblanuvchilarning hisob raqamlariga pul tushumi ham Ukraina ishtirokining isboti bo‘la olmaydi.

Shu bilan birga, Rossiya xavfsizlik kuchlari, ehtimol, insonning shaxsini pul mablag‘lari o‘tkazilgan hamyon bilan bog‘lash uchun texnik va operativ imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin.

Ko‘rsatilgan USDT hamyon 14-mart kuni 10:24 da (Moskva vaqti bilan) yaratilgan. U yaratilganidan so‘ng darhol 550 AQSh dollari miqdoridagi birinchi transh kelib tushdi, keyingilari 325, ikki marta 550 va mos ravishda 1100 dollar (jami 2525 AQSh dollari) terrorchilik hujumi sodir bo‘lgan, 22-mart kuni 7 :20 dan 18:55 UTC (Moskva vaqti bilan 10:00 dan 21:55 gacha) kelib tushgan va chiqarilgan.

Ular rasman ByBit hamyoni sifatida e’lon qilingan TU4vEruvZwLLkSfV9bNw12EJTPvNr7Pvaahamyoniga (ayni damda ochiq manbadan o‘chilrilgan) o‘tkazilgan. ByBit – Rossiya Federatsiyasida faoliyat yuritib kelayotgan kam sonli kripto birjalaridan biri hisoblanadi.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.