Davlat organlari va tashkilotlari funksiyalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi aniqlandi

Улашиш:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi 240-son qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholashdan o‘tkazildi

Bu yil korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan o‘tkazish yuzasidan elektron platformaga yuborilgan maʼlumotlar asosida 92 ta davlat tashkilotlari uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari tuzildi.

Maʼlumot uchun: 2023-yilda 39 ta vazirlik va idora uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari to‘liq shakllantirilib, ularning faoliyatiga doir umumiy 1701 ta funksiyadan 177 tasida korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi “yuqori”, 475 tasida “o‘rta”, 1049 tasida “past” baholangan

Yakunda davlat tashkilotlarining Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri, Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlar va Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati shakllantirildi.

Taʼkidlash lozimki, davlat tashkilotlarining rahbarlari tashkilot zimmasiga yuklangan funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish uchun shaxsan javobgar sanaladi.

Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot "eng korrupsiyalashgan", korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar “korrupsioner” yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan “past” bo‘lgan tashkilotlar "korrupsiyadan xoli" hisoblanmaydi.

Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilganligi yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlar (funksiyalar) va funksiyalarni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi.

—————————

Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz! 


2014-2024 SANGZOR.uz. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.