Rossiyaga isiriq olib kirgan uchun qamoq jazosi beriladimi?

Улашиш:

Internetda Rossiyaga uchayotgan O‘zbekiston fuqarolari o‘zlari bilan isiriq olib kelmasliklari haqida ogohlantirilgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

“Bu o‘simlik tarkibida garmin  mavjud bo‘lib, u Rossiya Federatsiyasida muomalasi cheklangan giyohvandlik moddasidir. Garmala (isiriq)ni mamlakatga olib kirish bilan bog‘liq barcha harakatlar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 229.1-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi”, — deyiladi xabarda.

HUKM: ROST

Darhaqiqat, ushbu moddaga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning prekursorlari bo‘lgan o‘simliklarni olib kirish uch yildan etti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va bir million rublgacha jarima bilan jazolanadi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviatashuvchisi ham Rossiya Federatsiyasi hukumati qarori bilan garmala (lotincha Peganum — isiriq yoki qabriston o‘ti) tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan va Rossiyada nazorat qilinadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgani haqida ogohlantirdi. Garmalani mamlakatga olib kirish bilan bog‘liq barcha harakatlar jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Garmalani Rossiya Federatsiyasiga olib kirish mumkin emasligi haqida avvalroq ogohlantirilgan edi. 2022-yilda isiriqni olib ketayotgan odamlarning hibsga olingani haqida xabar berilgan, 2021-yilda esa bu oʻsimlikni Belarusga olib kirishga taqiq joriy qilingan.

Agar siz Rossiyaga boradigan bo‘lsangiz va o‘zingiz bilan isiriqni, hatto esdalik sifatida olib ketmoqchi bo‘lsangiz ham, bunday qilmaganingiz yaxshiroq. Aks holda, siz jarima va qamoq jazosiga duch kelasiz.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.