Kabob yeyish saratonga olib keladimi?

Улашиш:

Ijtimoiy tarmoqlarda kaboblarda saraton kasalligini keltirib chiqaradigan kanserogen moddalar borligi haqida ma’lumot tarqaldi.

Shuningdek, go‘sht marinadida allergiya, gastrit va kolitni keltirib chiqaradigan konservantlar mavjudligi qayd etilmoqda. Parranda go‘shti va sabzavotlardan tayyorlangan kaboblar esa eng xavfsiz ekani aytilmoqda. 

HUKM: QISMAN ROST

Ba’zi omillarni hisobga olmaganda kabobning o‘zi  xavfli oziq-ovqat emas. Xitoyning Jinan universiteti olimlari tajriba o‘tkazib, gril yoki mangalda pishirilgan taomlarning xavfliligini e’lon qilishdi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kabob tayyorlash jarayonida ko‘mirdan tana uchun zararli bo‘lgan politsiklik aromatik uglevodorodlar (PAU) ajralib chiqadi.

Tajriba davomida ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, go‘shtni ko‘mirda pishirdilar. Yagona farq sinovdan o‘tkazilayotgan odamning grilgacha bo‘lgan masofasi edi. Tajribani tugatgandan so‘ng, ular barbekyuni tatib ko‘rdilar va ularning siydigi tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, PAUning eng katta miqdori tanaga go‘sht bilan kirgan. Bundan tashqari, birikmalarning bir qismi sinovdan o‘tganlarning terisi va o‘pkasida topilgan.

Bu go‘sht tarkibida aminokislotalar, shakar va boshqa tarkibiy qismlardan iborat mushak va yog‘ to‘qimalari mavjudligi bilan izohlanadi. Pishirish jarayonida go‘shtdan olingan sharbatlar va yog‘lar issiq ko‘mirlarga tomib, politsiklik aromatik uglevodorodlarni hosil qiladi. Ushbu birikmalar tutun bilan ko‘tarilib, inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Odam magalga qanchalik yaqin bo‘lsa, xavf shunchalik yuqori bo‘ladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, kiyim bundan himoya qilmaydi; aksincha, tutun uning ustiga joylashadi va u PAUlarning teriga singishiga yordam beradi.

Siz gril uchun qopqoq yoki vertikal mangallardan foydalanishingiz mumkin. Shunda tutun odamga kamroq o‘tiradi.

O‘z navbatida, diyetolog Lyudmila Denisenko kabob to‘g‘ri tayyorlangan bo‘lsa, xavfsiz bo‘lishini aytdi. Bundan tashqari, onkolog Otis Brouli, hatto svorodkada tayyorlangan go‘sht ham zararli bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi.

“Go‘shtning ustki qismida ma’lum kanserogenlar bo‘lgan geterotsiklik aromatik aminlar va politsiklik aromatik uglevodorodlar hosil bo‘ladi”, — deb tushuntirdi Brouli.

Onkolog, hatto baliq yoki tovuq kabi parhez go‘sht ham noto‘g‘ri pishirilsa, xavfli ekanligini tushuntirdi.

Xatarlarni kamaytirish mumkin. Siz kabobdan butunlay voz kechmang, asosiysi, qovurish darajasini kuzatish va tutundan qochishdir.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.