Shimoliy Koreya xavfli qurol yaratyaptimi?

Улашиш:

Internetda tarqalayotgan xabarlarda “Shimoliy Koreya chechak va kuydirgi kabi xavfli kasalliklarni tarqatuvchi mikrobli sprey va uskunalar ishlab chiqarmoqchi. Ular yadro bombalaridan ham xavfliroq hisoblanadi. Bu haqida AQSH rasmiylari xabar bergan”, deyiladi. Ushbu qurolga yadro bombalaridan ham xavfliroq qurol mazmunidagi sharhlar qoldirilgan.

Factchecknet.uz ushbu xabar haqiqatga qay darajada mos kelishini tekshirdi.

HUKM: HUKMSIZ

Shimoliy Koreya mamlakatning biologik qurollar (BW) dasturining bir qismi sifatida halokatli bakteriyalar va viruslarni ishlab chiqmoqda, deya ogohlantirmoqda AQSh rasmiylari. The Times nashriga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti o‘zining yillik hisobotida mamlakat o‘limga olib keluvchi kasalliklarni tarqatuvchi vosita sifatida spreylar va “zaharli qalamlar”ni ishlab chiqarganini aytadi. “Qurollarni nazorat qilish, tarqatmaslik va qurolsizlantirish boʻyicha kelishuvlar hamda majburiyatlarga rioya qilish” nomli hisobot Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturiga kamroq, kuydirgi va chechak kabi kasalliklarni tarqatish uchun moʻljallangan qurollarga ko‘proq e’tibor qaratadi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreya o‘zining biologik qurollar dasturiga doimiy e’tibor qaratgan. “Qo‘shma Shtatlar KXDRda maxsus, milliy darajadagi hujumkor biologik qurollar dasturi borligini baholaydi. KXDR bakteriya, virus va toksinlarni ishlab chiqarish uchun texnik imkoniyatlarga ega va ulardan foydalanishi mumkin”, deyiladi Davlat departamenti saytida eʼlon qilingan hisobotda.

Shuningdek, unda aytilishicha, Pxenyan biologik vositalarni ilgari kimyoviy qurol yetkazib berishda foydalanilgan purkagichlar va zaharli ruchka qarshi qurilmalari kabi noan’anaviy yetkazib berish tizimlari yordamida tarqatish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, Shimoliy Koreya Davlat Fanlar akademiyasi va boshqa manbalar tomonidan xabar qilinganidek, CRISPR kabi texnologiyalar yordamida biologik mahsulotlarni genetik modifikatsiya qilish imkoniyati bor. CRISPR selektiv genlarni tahrirlash imkonini beradi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi organizmlar yoki toksinlarni chiqaradigan biologik qurollar 1960-yillardan beri Shimoliy Koreya bilan assotsiatsiya qilinadi, kuydirgi kabi kasalliklar odamlar, hayvonlar va o‘simliklar uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.