Chet tili sertifikati bo‘lmagan o‘qituvchilar ishdan haydaladimi?

Улашиш:

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, “sentyabr oyidan chet tili sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari ishdan haydalishi mumkin”.

Factchecknet.uz xabarni tekshirdi.

HUKM: MANIPULYATSIYA

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga asosan, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab davlat taʼlim muassasalarining xorijiy tillar oʻqituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi belgilangan. Biroq qarorda ishdan bo‘shatilish bilan bog‘liq ishoralar mavjud emas.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim. 2022/2023-o‘quv yiliga qadar davlat oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, qarorda 2024/2025-o‘quv yiliga qadar davlat oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kasbiy fanlar (xorijiy tildan tashqari) o‘qituvchilarining 50 foizi kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi kerakligi belgilangan.


Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shilin
g

2014-2024 SANGZOR.uz. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.