Tomorqalarni sug‘orish uchun 5 soat: rost yoki yolg‘on?

Улашиш:

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga ko‘ra, “Toshkent va boshqa shaharlar aholisiga faqat soat 00:00 dan 5:00 gacha ogorod va tomorqalarni sug‘orishga ruxsat berildi, aks holda jarima solinadi”.

Factchecknet.uz xabarning haqiqatga qanchalik mos kelishini tekshirdi.

HUKM: ROST

2023-yil 30-oktyabrda “O‘zsuvta’minot” AJ rasmiy sahifasida shu ma’nodagi xabar chop etilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish tartib-qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 194-sonli qarorida mazkur qoida aniq belgilab qo‘yilgan. Qarorda belgilab qo‘yilganidek, irrigatsiya suvlari o‘tmagan hududlarda ichimlik suvidan sug‘orish maqsadida tungi 24:00 dan tonggi 5:00 ga qadar foydalanishga ruxsat berilgan. 

Shuningdek, bu amaliyotni bajarish uchun tamg‘alangan suv hisoblagichi bo‘lishi shart va sug‘orish uchun atrofda ariq suvi mavjud bo‘lmasligi kerak. Agar ariq suvi mavjud bo‘lsa, ichimlik suvidan sug‘orish mumkin emas.
Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘sh
iling

2014-2024 SANGZOR.uz. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.