Muayyan joydagi olomon ko‘lamini qanday baholash mumkin

Улашиш:

Biz ba’zan ommaviy tadbirlar haqida “U yerda minglab olomon yig‘ildi”, “Mitingda yuzlab odamlar qatnashdi” kabi matnli xabarlar va fotosuratlarni ko‘ramiz. Qanday qilib u yoki bu, g‘oya haqiqatan ham shunday xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanganligini va unga o‘z munosabatini bildirish uchun ma’lum bir joyda ko‘p odamlar yig‘ilganligini tekshirish mumkin. Bundan tashqari, harakatlanuvchi olomon xavfsizlik masalasi bilan taaluqli bo‘lgani uchun ham odamlar sonini to‘g‘ri baholash muhimdir.

Avvalo, Google yoki Yandex yohud ijtimoiy tarmoqlarda teskari tasvirni qidirish orqali boshqa manbalar va rakurslardan olingan fotosuratlarni topish kerak.

Masalan, 2013-yilda TF1 (Fransiya) televizion yangiliklarining jonli efirga uzatilishida janjal kelib chiqdi. Ushbu suratda Chap front yetakchisi namoyish boshlanishidan 25 daqiqa oldin Parijdagi Gobelin avenyusidan TF1ga intervyu berayapti. Efirda Jan-Lyuk Melanshon ortida allaqachon olomon to‘planganligi  haqidagi taassurotni beradi.

Shu joydan bir necha metr narida yashovchi gollandiyalik jurnalist Stefan de Vries suratga olish sahnasini ko‘rib, uni balkonidan suratga oldi. U X’ga (sobiq Twitter) joylagan fotosuratda Jan-Lyuk Melanshon va uning orqasida ixcham maydonda yig‘ilgan atigi bir necha o‘nlab namoyishchilar aks etgan. Atrofda hech kim yo‘q, ko‘cha bo‘m-bo‘sh. Suratga tushirish sahnalashtirilganligi aniq.

Bundan tashqari, ma’lum bir joyga qancha odam sig‘ishi mumkinligini hisoblashingiz mumkin bo‘lgan onlayn vosita mavjud.

mapchecking.com xizmati zal, maydon, stadion va umuman xaritadagi istalgan obyekt sig‘imini hisoblash imkonini beradi. Hisoblash uchun hududni belgilaysiz, kvadrat metrga qancha odamlar sig‘ishini tanlaysiz va mitinglar, yig‘ilishlar yoki ommaviy tadbirlar haqida axborot beruvchi yangiliklarning haqqoniyligini tekshirishingiz mumkin.

Saytga kiramiz va qidiruv oynasiga manzilni kiritamiz. Biz Amir Temur skverini tanladik.

Hudud qancha odamni sig‘dira olishini hisoblashimiz kerak bo‘lgan maydonni belgilab, xaritada nuqtalarni qo‘yamiz.

Yon tomonda slayderli yashil chiziq paydo bo‘ladi. Bu yerda siz hududda odamlar ozgina bo‘lganmi yoki olomon zich bo‘lganligini ko‘rsatishingiz mumkin.

Yuqoridagi raqamlar bizga ajratilgan maydonning hajmini ko‘rsatadi.

Qalin chizilgan raqam esa statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ajratilgan hududga turli olomon zichligida qancha odam sig‘ishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Bu yerda turli xil olomon zichligi tasvirda qanday ko‘rinishini va ularni qanday baholashni ko‘rishingiz mumkin.

Shuni esda tutish kerakki, olomon zichligi bir xil emas va bu taxminiy raqamlar. Biroq, ular, aytaylik, ma’lum bir joyda minglab kishilik olomon to‘planishi mumkinligi haqida tasavvurni beradi.


Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.