Al-Qoida* va IShID* AQSh va Buyuk Britaniya maxsus xizmatlarining mahsulidir

Улашиш:

“Sputnik Uzbekistan” telegram-kanali AQSh va Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari “Al-Qoida”* va IShID*ni yaratganligi haqidagi xabarni tarqatmoqda.

Afgʻoniston bu borada eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatdir. Hozirgacha bu maxsus xizmatlar nafaqat Afg‘oniston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida yashirin terror tashkilotlar bilan hamkorlik qilishdan voz kechmayapti”, — dedi Rossiya tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining Bishkekdagi uchrashuvidan keyin.

HUKM: YOLG’ON

Kremlparast tashviqot, o‘zlarining tashqi siyosat vakillaridan foydalangan holda, AQSh va Buyuk Britaniya yuqorida tilga olingan guruhlarni yaratdi yoki ularni qo‘llab-quvvatlaydi, degan ritorikadan foydalanishda davom etmoqda.

Avval 2024-yil aprelida bu fikrni Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Ikkinchi Osiyo departamenti direktori, prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ham bildirgan edi.

Uning taʼkidlashicha, Moskva yaqinidagi “Crocus City Hall” konsert zalida sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan IShIDning afg‘on “filiali” guruhi AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan tuzilgan.

Biroq, bu da’volar Amerika Qo‘shma Shtatlari va “Islomiy Davlat” (IShID) o‘rtasidagi janglarning haqiqiy tarixiga, jumladan, AQShning Afg‘onistondagi IShID-K va uning rahbariyatini yo‘q qilishga qaratilgan o‘n yillik sa’y-harakatlariga ziddir.

AQSh Qurolli kuchlari xorijda, jumladan, “Al-Qoida” va “Islomiy davlat”ga qarshi, Osiyo va Afrikaning yetti davlatida aksilterror operatsiyalarini o‘tkazgan.

** Terrorchilik tashkilotlari, O‘zbekistonda taqiqlangan.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.