Biznes-filmlar klubida faktchecknet.uz haqida gapirishdi

Улашиш:

Poytaxtimizdagi “Eko kafe”da “Anhor.uz” bosh muharriri, Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi direktor o‘rinbosari Lola Islomova ishtirokida biznes-filmlar klubi tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv media sohasi xodimlarining kasb bayrami – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga to‘g‘ri keldi.

Kinoklubning formati muayyan filmni tanlash va uni mutaxassis ishtirokida batafsil muhokama qilishni nazarda tutadi. Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari ma’lum hikoyalar, saxna ko‘rinishlari bo‘yicha o‘z fikrlarini baham ko‘rishlari mumkin.

Tomosha qilish uchun Washington Post gazetasining birinchi ayol noshiri Ketrin Grem va muharrir Ben Bredli haqida hikoya qiluvchi “Maxfiy fayl” filmi tanlandi. “O‘ta maxfiy” deb tasniflangan hujjat ularning qo‘liga tushadi va filmdagi qahramonlar axloqiy tanlovga duch kelishadi: uning mazmuni haqida jamoatchilikka aytib berish yoki bunday qilmaslik. Shu bilan birga, filmda ham biznes hamjamiyatiga, ham mediaga tegishli ko‘plab tafsilotlar mavjud.

Bunday uchrashuvlar professional tarmoqni kengaytirishga va yangi formatlar haqida gapirishga yordam beradi. Shunday qilib, tadbir davomida ishtirokchilarga factchecknet.uz platformasi faoliyati haqida so‘zlab berildi. Xususan, sayt dezinformatsiyaga qarshi kurashda muhim vosita bo‘lib, tekshirilgan va to‘g‘ri ma’lumotlarni olishga yordam berishi, bu esa, ayniqsa, feyk xabarlar tez tarqalayotgan bir sharoitda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Bu media makonga ishonch darajasini oshirishga yordam beradi va jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilishning oldini oladi.

Shuningdek, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va olingan ma’lumotlarni tekshirish qanchalik muhimligi haqida fikr bildirildi. Bu jamiyatning noto’g’ri ma’lumotlar va tashviqotga nisbatan chidamli bo’lishiga yordam beradi. Kinoklub ishtirokchilariga platforma fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi va yangi mualliflarni qabul qilishini ma’lum qildi.

Eng faol ishtirokchilarga factchecknet.uz logotipi tushirilgan brendli esdalik sovg‘alari topshirildi.

Uchrashuv dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish, shuningdek, tarmoq – faktcheking hamjamiyati tarmog‘ini kengaytirish imkonini berdi.

2014-2024 SANGZOR.uz. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.