Musht tushirish uchun jarima: rost yoki yolg‘on?

Улашиш:

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko’ra, “endi O‘zbekistonda yuzga musht tushirish, ko‘zdagi fingal yoki boshqa yengil jarohati uchun faqat jarima solinadi va qo‘yib yuboriladi’. Senatorlar qasddan badanga yengil shikast yetkazishni jinoiy javobgarlik emas deb hisoblovchi qonunni ma’qulladilar. Bu huquqbuzarlik yangi qonunga asosan ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi — jarima yoki 15 sutkagacha qamoqqa olish bilan jazolanadi, deyiladi xabarda.

Factchecknet.uz mazkur xabarni tekshirdi.

HUKM: QISMAN ROST

10-iyul sanasida bo’lib o’tgan senatning 54-yalpi majlisida “Huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi”gi Qonun muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik sifatida tasniflash, shuningdek, yarashuv institutiga kiruvchi maʼmuriy huquqbuzarliklar doirasini kengaytirish maqsadida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ushbu o‘zgartirishlar sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining qisqa muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan holatlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Senatorlar ushbu qonunning aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlash, mamlakatimizda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha yarashuv institutining taʼsir doirasini kengaytirishga xizmat qilishini taʼkidladilar. Muhokamalar yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi. Qonun prezident tomonidan imzolanganidan keyingina kuchga kiradi va yangi normalar amalda bo‘ladi. Jazoni o‘zgartirish haqida gapirish uchun hali erta.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.