Jazoirlik bokschi Imon Xalif transgendermi?

Улашиш:

1-avgust kuni Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida jazoirlik Imon Xalif boks bahsida italiyalik Angela Karinini mag‘lub etdi.

Jang boshida bir necha zarbalardan so‘ng Karini davom etishdan bosh tortdi va yig‘lab yubordi. Ko‘p o‘tmay, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Imon Xalif go‘yoki transgender ayol ekanligi haqida ma’lumot tarqaldi.

Bu xabarlar norozilik to‘lqiniga sabab bo‘ldi. Parijda ringga chiqmasdan oldin bokschining jinsi haqida bayonotlar bor edi, ammo italiyalik sportchi bilan jangdan keyin ular yanada keskinlashdi.

2024-yil 3-avgust kuni Factcheck.kz tahririyati ushbu yangilikni tekshirib, o‘z materialida shunday xukm chiqardi: yolg‘on.

“Imon Xalifning transgender ekanligiga dalil yoʻq. Noto‘g‘ri ma’lumotlar Xalif Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan 2023-yilgi boks bo‘yicha jahon chempionatida, Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi (IBA)ning aytishicha, musobaqalarda qatnashishga ruxsat berish uchun talablar bo‘icha testdan o‘ta olmagani va oltin medal uchun bahs oldidan diskvalifikatsiya qilinganidan keyin  tarqala boshladi. Tashkilot keyinchalik sinov tafsilotlarini oshkor qilishdan bosh tortdi. Uning prezidenti bokschining biologik erkak ekanligi haqidagi bayonotiga dalil keltirmadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, jazoirlik ayol ilgari turli turnirlarda, jumladan Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida muammosiz ishtirok etgan va ba’zi muvaffaqiyatlarga qaramay, janglarda bir necha marta mag‘lub bo‘lgan va hali jahon chempioni yoki Olimpiya chempioni bo‘lmagan”, – deyiladi xabarda.

Tahririyat shuningdek, Xalifning transgender ayol ekanligi haqidagi da’voni 2023-yilda arab tilidagi “Misbar” faktchecking resursi va 1-avgustdan boshlab “Washington Post”, “Time”, “NBC”, “Associated Press”, “Mexicana de Arte” va boshqa nashrlar rad etganini ta’kidlaydi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ham jazoirlik bokschining ayol ekanligini ma’lum qildi.Bokschining otasi Imon Xelif qizining bir vaqtlar erkak bo‘lgani haqidagi mish-mishlarga barham berish uchun uning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini ko‘rsatdi.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.