Energetiklar haqida uchta afsona

Улашиш:

Energetik ichimliklar tarkibida stimulyatorlar, asosan, kofein mavjud. Bu ichimliklarni aqliy va jismoniy faollikni oshirish uchun xizmat qiladi, deb bilishadi. Shuning uchun ularni ko‘pincha quvvatini oshirmoqchi bo‘lganlar iste’mol qiladi. Biroq, bu ichimliklar tarkibida yana nimalar bor?

1. Energetik ichimliklar serg‘ayrat bo‘lishga yordam beradi – haqiqat!

Kofein markaziy asab tizimini rag‘batlantiradi, konsentratsiya va hushyorlikni oshiradi, charchoq hissini kamaytiradi. Uni qahva, choy, shokolad, mate, kakaodan ham olish mumkin. Kichik miqdorda kofein aqliy va jismoniy faoliyatni yaxshilaydi va yurak kuchi kamomadi xavfini kamaytiradi.

2. Kofein zarar yetkaza olmaydi – yolg‘on!

Esda tutish muhim: kofeinning ta’siri qisqa muddatli bo‘lib, uning ta’siridan keyin charchoq yangi kuch bilan qaytishi mumkin. Kattalar uchun kofeinning toksik dozasi kuniga – 400 mg, o‘smirlar uchun – 100 mg. Biroqbu elementga reaksiya individualdir va yoshga, sog‘lig‘iga va genetikaga bog‘liq. Homilador va emizikli ayollar, yurak-qon tomir (kasalliklari) va ruhiy kasalliklari bo‘lgan odamlar uchun kofein tahqiqlangan yoki minimal miqdorda tavsiya etiladi.

3. Energetik ichimliklar foydali – yolg‘on!

Bu ichimliklar shakarga boy bo‘lib, kofeinning rag‘batlantiruvchi ta’sirini kuchaytiradi. Istemol qiluvchiga qisqa muddatli energiya bag‘ishlaydi. Biroq ortiqcha shakar zararli ekanligini unutmang: bu vazn ortishi, tish muammolari, shuningdek, diabet va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini paydo qilishi mumkin.

Shuningdek, tarkibidan L-karnitinni topishingiz ham mumkin. Bu energiya almashinuvida ishtirok etadigan, yog‘ kislotalarini yonish uchun hujayralarning mitoxondriyalariga olib boruvchi aminokislotadir. L-karnitin chidamlilikni oshiradi va ortiqcha yog‘ni yoqishga yordam beradi, shuning uchun u ko‘pincha sportchilar ovqat ratsioni tarkibiga kiradi.

Tarkibdagi yana bir aminokislota taurin bo‘lib, u energiya almashinuvida ishtirok etadi, hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladi va organizmdagi jarayonlarni tartibga soladi.

Energetik ichimliklarga ko‘pincha B vitaminlari  qo‘shiladi, ammo ularning miqdori kunlik ehtiyojdan sezilarli darajada ko‘p bo‘lishi mumkin.

Ba’zi energetik ichimliklarga kofeinga qo‘shimcha ravishda boshqa stimulyatorlar ham qo‘shiladi, masalan, ginseng ekstrakti, guarana va mate.

Sog‘liq uchun xavflar:

Energetik ichimliklar, energiya beruvchi ta’siriga qaramay, qon bosimi ko‘tarilishi, tez yurak urishi, aritmiya va yurak yetishmovchligiga olib kelishi mumkin.

Ular asab tizimiga ham ta’sir qiladi, ba’zi hollarda uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, tashvish va vahima hurujlarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, energetik ichimliklar oshqozonning kislotaliligini oshirib, ko‘ngil aynishi va gastritni keltirib chiqarishi mumkin va baְzi hollarda nekroz yoki gepatit kabi jiddiy jigar shikastlanishiga olib keladi. Va agar siz bu ichimliklarni alkogol bilan aralashtirib iste’mol qilsangiz, yurak va jigarda zarar keltirishingiz mumkin.

Muqobil energiya manbalariga sog‘lom ovqatlanish, yetarlicha uxlash va jismoniy faollik kiradi.

Shuningdek o‘qing: Energetik ichimliklar soch to‘kilishiga olib keladimi?

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.