“112” xizmati o‘z vaqtida ishga tushirildimi?

Улашиш:

“112” yagona dispetcherlik tizimi barcha favqulodda vaziyatlar raqamlarini birlashtirishi kutilgan edi.

Prezident 2023-yil iyul oyida Farg‘ona shahrida hududlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda uni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

Manba: Telegram/Prezident matbuot kotibi

“Ichki ishlar va Raqamli texnologiyalar vazirliklariga aholiga shoshilinch va avariya xizmatlarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida “112” yagona tez yordam va dispetcherlik tizimi raqamini ishga tushirish vazifasi yuklatildi. Ushbu tizim Toshkent shahrida 2024-yil 1-yanvardan, barcha tuman va shaharlarda esa kelasi yil oxirigacha joriy etilishi kerak. Buning evaziga navbatchilik bo‘linmalari faoliyati to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi”, — deyiladi davlat rahbari matbuot kotibi bayonotida.

HUKM: QISMAN BAJARILGAN

2024-yil yanvar oyida OAV tizim ishga tushirilmaganligi haqida xabar berdi.

May oyida 1-iyundan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tez yordam chaqiruvlarini qabul qilish bo‘yicha yagona dispetcherlik xizmati ishlay boshlaydi, degan ma’lumot paydo bo‘ldi.

Hukumat qaroriga tayanib, xizmatni joriy etishning yangi sanalari haqida ham aytildi:

Hududlarda “112” yagona dispetcherlik xizmati bosqichma-bosqich ishga tushiriladi:

– 2024-yil 1-iyundan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida;

– 2024-yilning birinchi yarmida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida;

– 2024-yil oxirigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda.

Shuningdek, OAVda 2019-yilda Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” loyihasi doirasida “112” xizmatini ishga tushirish to‘g‘risida qaror, bundan ikki yil avval esa “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hujjat qabul qilingani haqida xabar berilgan edi va u 2023-yil oxirigacha butun O‘zbekistonni qamrab olishi kerak edi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi 2020-yilda Toshkent shahridagi tez yordam xizmatlari uchun barcha qisqa raqamlar – 101, 102, 103, 104, 1050, 1055 yagona markazga birlashtirilib, “112” yagona qisqa raqam xizmati doirasida tashkil etilishi haqida xabar berdi.

2024-yil 30-avgust kuni Olmazor tumani hokimligi kanalida Senat raisi Tanzila Narboyeva “112” markazining yagona navbatchilik dispetcherlik xizmatiga tashrif buyurgani haqida xabar paydo bo‘ldi.

Manba: Telegram/Tanzila Narbaeva

Senat rahbarining Telegram-kanalida ham markaz Prezident topshirig‘i bilan tashkil etilgani qayd etilgan.

Shunday qilib, belgilangan muddatlar kechiktirilganligini, buyurtma muddati o‘tib bajarilganligini anglash mumkin. Endi viloyatlar bo‘yicha amalga oshirish navbatda turipti.Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarori ilovasida “112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish va uning imkoniyatlarini, huquq va majburiyatlarini aholi o‘rtasida tushuntirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etish bo‘yicha bandlar o‘rin olgan. Biroq, kalit so‘zlar orqali qidiruv natija bermadi.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.