“Rangli inqiloblar” uchun ofis ochilishi rostmi?

Улашиш:

Qisqacha mazmun. Saytlardan birida “Olmaotada “rangli inqiloblar”ni tashkil qilish idorasi ochiladi” sarlavhasi ostida maqola chop etilgan.

Qozog‘iston prezidentining Olmaotada BMTning Markaziy Osiyo va Afg‘oniston Barqaror rivojlanish maqsadlarida mintaqaviy markazini ochish haqidagi taklifi haqida shunday yozishgan.

HUKM: MANIPULYATSIYA

“Koʻpchilik ekspertlar Olmaotadagi BMT markazi tezda Gʻarbning mintaqa davlatlari, jumladan, Oʻzbekistonga bosimini yoyish uchun yangi “ari uyasiga” aylanadi” degan fikrda”, — deyiladi maqolada.

Qaysi mutaxassislar haqida gap yuritilayogani aytilmagan.

O‘zbekistonning Telegram-kanallarida ushbu manipulyatsiya xarakteridagi postlar paydo bo‘ldi (12).

Qozog‘iston rahbari taklifining ahamiyatini tushunish uchun ushbu markazni tashkil etish nima uchun rejalashtirganiga oydinlik kiritish kerak. Agar o‘quvchi to‘liq ma’lumotga ega bo‘lsa, unda “rangli inqiloblar” uchun hech qanday sharoitlar yo‘qligini baholashi mumkin bo‘ladi. Bunday fikrlar haqiqiy holatning asl ma’nosini buzishi mumkin.

2023-yil iyun oyida Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vaziri Alibek Kuantirov BRM ijrosini monitoring qilish bo‘yicha parlament komissiyasi yig‘ilishida Olmaotada BMTning Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha mintaqaviy markazi tashkil etilishini ma’lum qilgan edi. 

Qozogʻistonda BRMlar boʻyicha ishda erishilgan yutuqlar ham eʼlon qilindi, jumladan:

– qashshoqlikka barham berish;

– yaxshi salomatlik va farovonlik;

– sifatli ta’lim;

– toza suv va sanitariya;

– munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish.

2023-yil avgust oyida Qozog‘istonning BMTning Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha mintaqaviy markazini ochish niyati tasdiqlandi.

“Bu 2030-yilgacha barqaror rivojlanishga erishish uchun mintaqaviy integratsiyani kuchaytirishga intilishni anglatadi”, — deyiladi xabarda.

Prezident Qosim-Jomart Tokayev 2023-yil sentabr oyida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari sammitida Qozog‘istonda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston bo‘yicha Mintaqaviy rivojlanish maqsadlari markazini yaratish tashabbusi bilan chiqdi.

“Bu BMTning mintaqadagi loyiha faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni taʼminlaydi”, — dedi Qozogʻiston rahbari.

Shuningdek, Akorda matbuot xizmatining qayd etishicha, muhokama BRMga erishish uchun moliya tizimi faqat ayrim mamlakatlar uchun emas, balki barcha mamlakatlar uchun tenglikni ta’minlashi kerakligi haqida bo‘lgan. Ekologiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash muammolarini hal qilish uchun ko‘proq mablag‘ ajratish kerak.

— Biz BMT shafe’ligida texnik yordam, tadqiqot va xavflarni baholash sohalarida xalqaro hamkorlikni kuchaytirishimiz kerak. Barqaror rivojlanish maqsadlari hamma uchun yaxshiroq dunyo sari yo‘ldir. Biz birlashib, sa’y-harakatlarimizni kuchaytirishimiz kerak. Qozog‘iston doimo BMTning barqaror rivojlanish sohasidagi kuchli va samarali rolining sodiq tarafdori bo‘lib qoladi, — dedi Qozog‘iston rahbari Tokayev.

Ko‘rib turganingizdek, maqsadlar “rangli inqiloblar”ga mos kelmaydi va bu xulosalar, ehtimol, muallifning subyektiv xulosalari.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.