Markaziy Osiyoni Ukrainaga aylantirishmoqchimi?

Улашиш:

Qisqacha mazmun. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Markaziy Osiyo davlatlaridan olti nafar jurnalistga intervyu berdi. Uchrashuvning matnli versiyasi orda.kz saytida paydo bo‘ldi va u Xarkovda bo‘lib o‘tgani ham qayd etildi.

Intervyuga javoban “RIA Novosti”da “Zelenskiy Markaziy Osiyoni Ukrainaga aylantirmoqchi” degan manipulyativ sarlavha bilan material paydo bo‘ldi, garchi uchrashuvda bunday tezis ilgari surilmagan edi. Muallif o‘z mushohadalari asosida tegishli xulosalar chiqaradi. Biroq, bu o‘quvchilarni chalg‘itishi mumkin.

HUKM: MANIPULYATSIYA

Material, shuningdek, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan tasvir bilan qo‘yilgan, unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi tarixiy binolarni eslatuvchi jihatlarni, Ukraina bayrog‘ini koʻtargan olomonni, masxaraboz atributlari va megafon bilan oratorlik qiluvchi insonni ko‘rish mumkin.

Vladimir Zelenskiyning bekgraundi Rossiya ommaviy axborot vositalarida bir necha bor paydo bo‘lgan? Ular bu shablonni tez-tez ishlatishadi. Masalan, bu yerda yoki bu yerda, shuningdek, bu yerda ham.

Muallif quyidagi so‘zlarni keltirib o‘tadi: “Qo‘shimcha qilamizki, rus dunyosining tevarak atrofdagi makonga ko‘rsatgan madaniy ta’siri tufayli Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziya va Ukraina vakillari bir-birlarini tarjimonsiz bemalol tushunishlari mumkin edi”.

Davlat Konstitutsiyasida rasman mustahkamlangan Qirg‘iziston nomi ataylab buzib ko‘rsatilib, Qirg‘iziya deyiladi. Buni tushunish mumkin — Sovet Ittifoqi davrida u shunday nomlangan.

Keyinchalik matnda Qirg‘iziston va Qozog‘istondagi rangli inqiloblar va tartibsizliklar eslatib o‘tilgan, shuningdek, yordamga kelganlar — KXShT qayd etilgan va eng muhimi, “Rossiya gazisiz mintaqada sanoat rivoji deyarli imkonsiz”ligi eslatiladi.

Agar nashr muallifi haqiqatan ham turli sohalarda o‘sib borayotgan hamkorlikni ta’kidlamoqchi bo‘lsa, unda nega bu ko‘proq tahdidga o‘xshaydi — bu ritorik savol.

Maqolada yana “G‘arb‘ eslatib o‘tiladi:

 “…Ammo u bir narsada haq edi: mojaro mintaqadan tashqariga chiqib, dunyoning bo‘linishiga olib keldi. Bu bo‘linishning chiziqlari asosan klassik geosiyosat tomonidan chizilgan tsivilizatsiya konturlariga to‘g‘ri keladi: kollektiv G‘arb kontinental blokka qarshi. Qit’aning qoq markazida joylashgan Markaziy Osiyoning rolini past baholab bo‘lmaydi. Shuning uchun biz ularning siyosatchilari Ukraina siyosatchilaridan ko‘ra dono bo‘lib chiqadi va Zelenskiyning og‘ziga solingan kollektiv G‘arbning yolg‘on gaplariga ishonishmaydi, deb umid qilamiz”, — deyiladi maqolada.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.