Eron prezidentining o‘limi feyklarga sabab bo‘ldi

Улашиш:

Qisqacha ma’lumot: Eron prezidenti Ibrohim Raisi, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon va boshqa yuqori martabali amaldorlar 19-may kuni vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi.

Fojia yuz bergan paytda Eron prezidenti Ozarbayjonga tashrifidan qaytayotgan edi. Turli mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston rahbarlari siyosatchining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Davlatimiz rahbari Eron Islom Respublikasi elchixonasiga tashrif buyurib, mamlakat shimolida vertolyot qulashi natijasida Ibrohim Raisi va unga hamrohlik qilaganlarning fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan do‘stona Eron xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.

Ko‘plab ommaviy axborot vositalari va kanallar voqea joyidan fotosuratlar va videolarni chop etishdi. Biroq, barcha rasmlar yangi emas.

HUKM: MANIPULYATSIYA

Javob. Turli xil rangdagi qoldiqlarning fotosuratlari ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘la boshladi. Vizual ravishda ularning turli bortlarga tegishli bo‘lishi mumkinligini anglash mumkin. Qismlarning birida 1136 raqami yaqqol ko‘rinib turibdi, Eron bayrog‘i ham ko‘rinadi. Surat bir qator ommaviy axborot vositalarida (12345) chop etilgan.

Ko‘rib turganingizdek, dum qismi oq rangda.

Ushbu fotosuratni teskari izlash natijalari so‘nggi yangiliklarga, shuningdek arxiv xabarlarga havolalarni beradi.

Shu bilan birga, nashrlar ushbu fotosuratning turli manbalariga havolalar bergan: IRIB, WANA, Reuters, Iranian State Tv, ZUMA, TASS va boshqalar. O‘quvchilar, bunday manbalarni ko‘rib, fotosuratlarning haqiqiyligiga shubha qilmaydilar. Biroq, hammasi bu qadar oddiy emas.

Mizanonline.ir/2019 yil ekran tasviri

Ekipaj Eron prezidenti bilan birga Bell 212 rusumli vertolyotda bo‘lgan, ammo fotosuratda samolyot qismlari ko‘rsatilgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bu o‘quv samolyoti bo‘lgan. Aynan shunday surat 2019-yilda nashr etilganHavola orqali siz xuddi shu vayronalarni boshqa nuqtalardan va samolyot halokatiga oid tushuntirishlarni ko‘rishingiz mumkin. Ma’lum qilinishicha, samolyot Bishe Kola shahridan Tehronga yo‘l olgan.

Yana bir fotosurat 2019-yilda o‘sha o‘quv samolyoti halokatidan olingan arxivda bor.

U, shuningdek, Eron prezidenti bo‘lgan ekipajning o‘limi haqidagi xabarning illyustratsiyasi sifatida ham tarqatildi (1234).

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.