O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4 milliondan oshdimi?

Улашиш:

Ijtimoiy tarmoqlarda pensiya oluvchilar soni oshganligi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. “O‘zbekistonda 1-iyun holatiga ko‘ra, pensiya oluvchilar soni 4 008 597 kishiga yetdi”, – deyiladi xabarda.

Factchecknet.uz mazkur xabarni tekshirib koʻrdi.

HUKM: ROST

O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4 million nafardan oshganligi haqida Pensiya jamg‘armasi xabar berdi. 

2024-yil may holatiga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasida hisobda turib pensiya oluvchi fuqarolar soni 3 million to‘qqiz yuz to‘qson sakkiz ming to‘qqiz yuz oltmish olti nafarni tashkil etgan. Eng ko‘p pensiya oluvchilar Farg‘ona viloyatida. Birinchi iyun holatiga ko‘ra, 4 million 8 ming 597 nafarni tashkil etadi.  Iyul oyi oxiriga kelib esa pensiya oluvchilar 4 020 721 kishini tashkil etadi.

Pensiya jamg‘armasi 27-iyul holatiga ko‘ra, kunlik daromadi 147,3 mlrd so‘mni tashkil etadi. Oy boshidan esa 3907.1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Davlat bujetidan transfert qilingani esa 600,0 mlrd so‘m, xarajatlar esa 5105,6 mlrd so‘mni tashkil etadi.

2024-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, pensiya oluvchilar soni  hududlar kesimida quyidagicha:

  • Farg‘ona viloyati – 473 337 nafar;
  • Samarqand viloyati – 426 789 nafar;
  • Andijon viloyati – 374 667 nafar;
  • Toshkent shahri – 367 483 nafar;
  • Toshkent viloyati – 365 544 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati – 357 362 nafar;
  • Namangan viloyati – 313 241 nafar;
  • Surxondaryo viloyati – 268 066 nafar;
  • Buxoro viloyati – 253 604 nafar;
  • Xorazm viloyati – 220 681 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 215 679 nafar;
  • Jizzax viloyati – 135 250 nafar;
  • Navoiy viloyati – 134 829 nafar;
  • Sirdaryo viloyati – 102 065 nafar.
2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.