1-avgustdan metan to‘ldirish shahobchalarida narxlar oshdimi?

Улашиш:

Tarmoqlarda metan shahobchalarida gaz narxi bir kub metr uchun 4000 so‘m etib belgilangani haqida xabar tarqalmoqda. Shundan so‘ng, 1-avgustdan boshlab, davlat metan gaz narxlarini belgilashga aralashmaydi, narxni bozor belgilashi haqida e’lon qilindi.

Factchecknet.uz mazkur xabar qay darajada haqiqatga yaqinligini tekshirib koʻrdi.

HUKM: ROST

Ijtimoiy tarmoqlarda 4000 so‘mlik metan haqidagi holat Asaka shahrida rasmga olingani qayd etilgan. Yana boshqa telegram sahifasida esa metan gaz narxi 1 kub metr uchun 4250 so‘mgacha sotilayotgani aytilmoqda. 2024-yil 1-iyundan 1-avgustgacha avtomobillarga gaz to‘ldirish shahobchalarida bir kub metr metan gazning eng baland narxi 3750 so‘m qilib belgilangan edi. Ushbu muddat tugagani sababli respublikaning turli hududlarida narxlar 3950 so‘mdan 4250 so‘mgacha oshgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. 

1-avgust kuni Bosh vazir Abdulla Aripov Prezident topshirig‘iga binoan yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.Unda metan narxining yuqori chegarasini bekor qilish masalasi muhokama qilindi. Endilikda davlat bu sohada narx belgilashga aralashmaydi, narxni bozor belgilaydi. Tadbirkorlarga narx belgilashda erkinlik berish “xohlagan ishni qilish imkoniyatini” anglatmaydi. Prezident hukumatga bozor mexanizmlarini joriy etish bilan birga, gaz narxining asossiz oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha topshiriq berdi.

Factchecknet.uz Toshkent shahrida va uning viloyatiga tutash hududlarda gaz quyish shaxobchalaridagi  narxlarni  bilish maqsadida fotoreportaj tayyorladi. Aksariyat metan shahobchalarida metan narxi o‘zgarmagan. 

Quyida metan shahobchalaridan olingan fotosur’atlarni keltiramiz.

Toshkent shahri Uchtepa tumani hokimiyati Foziltepa ko‘chasi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Oxta-Tag‘ob qishlog‘i metan shahobchasi

Sirdaryo viloyati Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi

Navoiy shahar Guliston-3 ko‘chasi

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi metan shahobchasidan

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.