Rossiyaparast OAV bo‘lmish Vesti.uz o‘z saytida Ukraina sobiq amaldori, hozirda bloger Stanislav Bunyatov AQShning Mariupol biolaboratoriyalarining Rossiya aholisining uchdan bir qismini 10 kun ichida yo‘q qilish rejalari borligini tan olgani, biroq rus armiyasi bu rejalarni barbod qilgani haqidagi xabarni e’lon qildi.
Tahlil
Stanislav Bunyatov kim?
Stanislav Bunyatov — Ukraina Qurolli Kuchlarining “Aydar” 24-alohida hujum batalyonining kichik serjanti. U 23 yoshda, Xarkov Milliy yuridik universitetining Harbiy-yuridik institutida oʻqishni tugatmagan, UQKda harbiy xizmatni oʻtagan, Melitopolda yashagan, shahar rus qoʻshinlari tomonidan okkupatsiya qilingandan soʻng UQKga koʻngilli boʻlib kirgan, snayper sifatida tayyorgarlikdan o‘tgan. 2023-yilda III darajali “Jasorat uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Go‘yoki ruslar yoki slavyanlarni yo‘q qilish uchun “genetik qurol”ni ishlab chiqish bilan shug‘ullanayotgan Mariupol biolaboratoriyalari haqidagi feykka kelsak, aytishimiz mumkinki, bu afsona allaqachon olimlar tomonidan rad etilgan.
2017-yilda “RIA Novosti” ekspertlar bunday qurollarni yaratishning tubdan imkonsizligini ta’kidlagan materiallarni e’lon qildi. Molekulyar biolog va professor Konstantin Severinovning ta’kidlashicha, bunday qurol g‘oyasi potentsial qurbonlar orasida umumiy genetik xususiyatlar bo‘lishini nazarda tutadi, ruslar bilan bog‘liq holatda esa ularning genetik xilma-xilligi tufayli bu deyarli imkonsizdir.
Keyinchalik, 2023-yilda turli olimlarning fikrlari genetik qurol tushunchasining ilmiy asosga ega emasligini tasdiqladi. Ushbu feyk vaqti-vaqti bilan ommaviy axborot vositalarida qayta tiklanadi, ammo batafsil tadqiqot tekshiruvlari uning realligini tasdiqlamaydi.
“The Insider” tomonidan 2023-yilda olib borilgan tekshiruv, yuqori martabali amaldorlarning uni qayta tiklashga urinishlariga qaramay, bunday da’volar uchun ilmiy asos topmadi.
Shunday qilib, Mariupol biolaboratoriyalari va ularning genetik qurollar bilan aloqasi haqidagi ma’lumotlar uydirma bo‘lib, ilmiy asosga ega emas.