Niqob (burqa)dagi ayollar jarimaga tortiladimi?

Улашиш:

Telegram kanallarida yuzini qora niqob (burqa) bilan yashirgan ayollar maʼmuriy javobgarlikka tortilishi haqida xabarlar tarqaldi.

Factchecknet.uz bu xabarlar qanday asosga ega ekanini tekshirdi.

HUKM: ROST

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 184-4-moddasida Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini yopib yurish holatlari uchun maʼmuriy javobgarlik belgilangan.

Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan holda bo‘lish, —

  • bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (3 mln 400 ming – 5 mln 100 ming som) 

Shuningdek, ba’zi holatlar bundan mustasno. Bunda tibbiy ko‘rsatmaga asosan, yo‘l-transport harakatida xavfsizlikni ta’minlash uchun kiyiladigan maxsus bosh kiyimlar, mehnat  bilan bog‘liq hollarda yuziga niqoblar (gigiyenik) taqish, sport va madaniy tadbirlarni o‘tkazish vaqtida tadbir ishtirokchilarining yuzini to‘sgan holda bo‘lishi qonunan javobgarlikka olib kelmaydi.

Jins boʻyicha kamsitishni targʻib qilish, shu jumladan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etish, ushbu mazmundagi qarashlarni, gʻoyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish kabi holatlar uchun ham javobgarlik mavjud. Ushbu xatti-harakatlarni omma oldida oqlash va  ragʻbatlantirish:

  • BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 400 ming soʻmdan 6 mln 800 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu qabul qilingan qonunga rioya etmasdan joriy yilning 14-iyun kuni jamoat joyida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini qora mato (durqa) bilan oʻragan S.A. (qiz) maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. S.A. bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (340 ming soʻm) miqdorida jarimaga tortilgan.
Shuningdek, qoʻshni Qozogʻiston parlamentida jamoat joylarida diniy libos kiyish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu haqda parlament deputati Ermurat Bapi ma’lum qilgan: “Endi biz uchun eng muhim masala – mamlakatimizning milliy manfaatlarini, milliy an’analarini, milliy madaniyatini asrab-avaylash. Agar hozirgi holatga nazar tashlasangiz, bu holat kelajagimizga jiddiy zarar yetkazadi”, – dedi majlis ishtirokchisi.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.