Pavel Durov Fransiya prezidenti bilan uchrashishi kerakmidi?

Чоп этиш

Telegram asoschisi shov-shuvli hibsga olinganidan keyin Internetda bu haqda xabar berildi. Avvalroq, tadbirkor 24-avgust kuni Parij Le Burje aeroportida hibsga olingan, keyinroq garov evaziga qo‘yib yuborilgan edi.

“Pavel Durov uni Parij aeroportida hibsga olgan huquq-tartibot xodimlariga uning uchun Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan kechki ovqat rejalashtirilganligini aytgandi”, — deb yozadi “Argumenti i fakti” “Le Canard enchaîné” nashriga tayanib.

HUKM: FEYK

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron OAV xabarlarini rad etdi. Keyinchalik norasmiy kechki ovqat haqida xabar bergan OAV ham qo‘shimcha xabar e’lon qildi.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, yangilik manbasi – “Le Canard enchaîné” “zanjirdagi o‘rdak” deb tarjima qilinar ekan.

Nashr sahifasida u “chorshanba kuni chiqadigan satirik gazeta” degan ogohlantirish ham bor ekan.

Мавзу юзасидан фикр, мулоҳаза ёки қўшимча маълумотларингиз бўлса, Sangzor.uz Telegram канали орқали таҳририятга йўллашингиз мумкин.
Фикрлар (0)
Фикр билдиринг
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив