Postsovet mamlakatlar darsliklarida Rossiya mustamlakachi davlat sifatida ko‘rsatilgan

Улашиш:

Rossiya Fanlar akademiyasining Ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy axborot instituti Yaqin va postsovet Sharq bo‘limi mudiri, fanlar doktori Vladimir Avatkov tomonidan Yaqin va postsovet Sharq mamlakatlar, shuningdek, Xitoyning tarix fani darsliklarida Rossiya  qanday aks ettirilganligi haqidagi tadqiqot tayyorladi

Asosan, postsovet hududidagi mamlakatlar darsliklarida Rossiya qoʻshib olingan hududlardagi xalqlarga zulm qilgan, ularning madaniyatiga putur yetkazgan mustamlakachi davlat sifatida koʻrsatilgan.

HUKM: ROST

O‘zbekistonda umumta’lim maktablari o‘quvchilari “Tarix” fanini beshinchi sinfdan boshlab o‘rganishni boshlaydilar.

U. Jurayev, K. Usmonov, A. Nurqulov va G. Jurayevalar mualliflik qilgan o‘quv qo‘llanmada Rossiya imperiyasining roli atroflicha yoritilgan.

Darslik O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2020-yilda tavsiya etilgan.

“O‘zbekistonda kolonoal qaramlik” deb nomlangan 33-bandda Pyotr I ning tabiiy resurslarga boyligi tufayli mintaqaga qiziqish boshlanganligi haqida so‘z boradi.

“Pyotr I boy tabiiy resurslarga egalik qilish uchun mintaqamizni egallashni rejalashtirgan edi” – darslikdan parcha.

Shuningdek, Rossiya imperiyasi hududni ishg‘ol etganidan so‘ng iqtisodiy ekspluatatsiya, milliy o‘ziga xoslik va urf-odatlarga e’tibor bermaslik yo‘li bilan mustamlakachilik tartibini qanday o‘rnatgani ham batafsil bayon etilgan.

“Bizning mintaqamizni egallab olgan Rossiya imperiyasi mustamlakachilik tartibini oʻrnatdi, mintaqa boyliklarini talon-taroj qila boshladi, milliy qadr-qimmatimiz va urf-odatlarimizni oyoq osti qila boshladi” – darslikdan parcha.

Shuningdek, oʻzbek xalqi irodasining ifodasi sifatida Rossiya imperiyasiga, keyinroq Ittifoqqa qarshi milliy ozodlik kurashi ham yoritilgan.

Mustamlaka zulmi sharoitida millat ziyolilari va davlat arboblariga kommunistik bosimga alohida e’tibor beriladi.

“Kommunistik (sovet) Rossiyasi faqat mustamlakachilik zulmini kuchaytirdi, millat ziyolilari va davlat arboblarini o‘ldirdi” – darslikdan parcha.

Rossiya mustamlakachilik zulmi qurbonlari xotirasi o‘zbek xalqi xotirasida mangu saqlanib qolayotganiga ham e’tibor qaratilgan.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.