Dublinda Xellouin bayramini nishonlash uchun yuzlab odamlar yig‘ildi.
Bu odamlar uchun vaqt o‘tkazish va onlayn e’lon qilingan paradni tomosha qilish sabab bo‘ldi. Irlandiya poytaxti aholisi uchun yorqin tadbir o‘rniga yig‘ilish joyini tark etish talabi bo‘lgani hayratnalarli hol bo‘ldi.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, tadbir aslida rejalashtirilmagan, uni sun’iy intellekt o‘ylab topgan. Parad haqidagi e’lon AI tomonidan yaratilgan yangiliklar sayti orqali tarqatilgan.
Bu post dastlab “My Spirit Halloween” portalida paydo bo‘lgan. Butun dunyo bo‘ylab Xellоuin “yangiliklari”ni o‘z ichiga olgan va AI tomonidan yaratilgan juda ko‘p kontent bor edi.
Biroq, Dublin meriyasi veb-saytida parad haqida hech qanday ma’lumot yo‘q edi. Irlandiya politsiyasi parad rejalashtirilmagani va o‘tkazilmasligini e’lon qilib, barchani uyiga qaytishga chaqirdi.
“Sizlarga shuni maʼlum qilamizki, internetda tarqalgan maʼlumotlardan farqli oʻlaroq, bugun kechqurun yoki bir kechada Dublin shahar markazida Xellоuin paradini oʻtkazish rejalashtirilmagan. Hozirda “O’Konnell” ko‘chasida paradni kutayotgan har kimdan xavfsiz tarqalish so‘raladi”, — deya ogohlantirdi politsiya.
OAV xabarlariga ko‘ra, olomon shunchalik ko‘p ediki, Dublin shahar markazi orqali o‘tadigan “Luas” tramvay tarmog‘ida ikkita liniyada uzilishlar sodir bo‘lgan hamda qizil va yashil yo‘nalishlar yarim soat davomida ishlamay qolgan.
Bu holat internetdagi dezinformatsiya qanday qilib olomonni to‘plashi mumkinligini ko‘rsatadi. Ha, buning sababi ko‘ngilochar tadbir, ammo bu feyk xabarlarning ta’sirini e’tiborsiz qoldirmaslik kerakligini inkor etmaydi.