Ijtimoiy tarmoqlarda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o‘z lavozimini tark etayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Sababi, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodini qo‘ygani.
HUKM: MANIPULYATSIYA
Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan besh nafar nomzoddan faqat ikki nafari deputat bo‘lishga rozi bo‘lgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Go‘yoki, ular O‘zLiDeP tomonidan nomzodi ko‘rsatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Xilola Umarova va “Milliy tiklanish” partiyasidan nomzod, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovlar ekani aytildi.
“Qolgan uch nafar vazir — Aziz Abduhakimov, Sherzod Shermatov va Akbar Toshqulov o‘z lavozimlarida ishlashda davom etadilar”.
Sentyabr oyida shunday xabarlar paydo bo‘ldi:
Birdaniga besh nafar vazir deputatlikka saylansa, ishdan ketishi haqida ariza yozdi.
Ular:
- maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Xilola Umarova;
- madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov;
- ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov;
- raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov;
- adliya vaziri Akbar Toshqulov.
Biroq, bu bayonotlar rasmiy ma’lumotlardan oldin paydo bo‘ldi. 31-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida yuqoridagilar mavjud emas.Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi lavozimidan ketish haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlab, aholi o‘rtasida yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik borligini eslatib o‘tdi.