Paratsetamolli muzqaymoq ixtiro qilindimi?

Улашиш:

Telegram kanallarida Niderlandiyaliklar paratsetamolli muzqaymoqni ixtiro qilganlari haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Xabar mazmuniga koʻra muzqaymoq tarkibida ushbu preparati mavjud.

Factchecknet.uz bu xabarlarni tekshirdi.

HUKM: YOLG´ON

2016-yilda Niderlandiyadagi novvoyxona Paratsetamolli muzqaymoqni koʻrgazma uchun yaratgan, biroq u sotilmaydi. Sababi Paratsetamol 500 mg deb nomlangan musqaymoq tarkibidagi dori vositasi hajmini nazorat qilish imkonsiz va uni sotish uchun ruxsat hamda litsenziya berilmaydi.Musqaymoq surati ijtimoiy tarmoqlarda joylangan va juda katta qiziqish uyg´otgan. Fotosurat dastlab 2016-yil 4-fevralda ilk bor “Maddeys Roosendal” novvoyxonasi egasi tomonidan joylangan. Biroq oʻshandan beri u koʻplab sahifalarda qayta paydo boʻladi va tarqatiladi.

Maddy’s Roosendal” 2016.02.04

Medindia nashriga ko‘ra, paratsetamol asosidagi muzqaymoq 2016-yilda Shimoliy Brabantning Oudenbosh qishlog‘idagi novvoyxonada tayyorlangan. Nonvoyxona egasi Yan Nagelkerke novvoyxona oynasida qishloqdagi har yili o‘tkaziladigan karnaval uchun osilib qolgan muzqaymoqni ko‘rgazmaga qo‘ygan edi. Gollandiya oziq-ovqat va xavfsizlik idorasi esa, bu shirinlikni mijozlarga taklif qilish xavfli ekanligini ta’kidlagan. BN DeSterm vakilining soʻzlariga koʻra: “Agar muzda paratsetamol koʻp boʻlsa, bunday dorivor oziq ovqatni yetkazib berish uchun litsenziya talab qilinadi. Shu sabab u yangi oziq-ovqat hisoblanib, Evropa Komissiyasining litsenziyasi ham kerak boʻladi”.
Nagelkerke ham o´z Facebook sahifasida muzqaymoqni xaridorlarga sotmasligini va u faqat koʻrgazma maqsadida taqdim etilganini bildirgan.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.