Yashil kartoshkalar xavflimi?

Улашиш:

Ijtimoiy tarmoqlarda yashil kartoshka xavfli ekanligi haqida xabarlar tarqaldi. Unda aytilishicha, yashil kartoshka tarkibida zaharli solanin moddasi mavjud va uni iste’mol qilish dastlab oshqozon og‘rigi‘i, bosh og‘rig‘i va ovqat hazm qilish buzilishiga olib kelishi mumkin. 

Factchecknet.uz bu xabarni tekshirdi. 

HUKM: ROST

“Healthline”ga ko‘ra, kartoshkalar quyosh nuri ta‘sirida o‘zidan solanin deb ataladigan toksin ishlab chiqaradi. Juda katta miqdordagi solanin insonlar uchun zararli bo‘lishi mumkin. Kartoshkaning yashilligi solaninning belgisi bo‘lishi mumkin, ammo kartoshkani tozalayotganda yashil joylarini kesib yuborish toksinlarning katta qismini olib tashlash usulidir. Bundan tashqari, solanin kartoshkada achchiq ta’m paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 

“Britannica” nashriga ko‘ra, katta miqdordagi solanin odam salomatligi uchun xavfli va ko‘p miqdorda iste’mol qilinsa, jiddiy nevrologik muammolarga, xatto o‘limga ham olib kelishi mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 450 gramm to‘liq yashil kartoshka o‘rtacha yoshdagi insonni kasal qilish uchun yetarli. Kartoshkani pishirish solanin toksinini yo‘q qilmaydi. Yashil kartoshkani, ayniqsa, bolalarga bermaslik kerak. Kartoshkani qorong‘u va salqin joylarda saqlash lozim.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.