Internetda xalq tabobati usullarini qo‘llash va hatto impotentsiyani dam solib tuzatish bo‘yicha ko‘plab davolash takliflarini topish mumkin. Biroq, ular qanchalik xavfsiz va samarali?
Ushbu maqolada biz retseptsiz sotiladigan dori-darmonlar haqida noto‘g‘ri ma’lumot berish xavfini va nima uchun har qanday davolanishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish muhimligini ko‘rib chiqamiz.
Retseptsiz sotiladigan tabletkalar sog‘liq uchun xavfsizmi?
Bunday dorilar tobora ommalashib bormoqda, ayniqsa, bu muammodan aziyat chekadigan erkaklarning o‘rtacha yoshi har yili pasayib bormoqda. Internetda quvvatni oshiruvchi ko‘plab tabletkalar retseptsiz sotiladi, ular ko‘pincha o‘simliklardan tayyorlanadi.O‘zbek segmentda faol reklama qilinayotgan mahsulotning yorqin misollaridan biri bu “Oltin bug‘u” (Золотой олень). Xabarda “preparatning ta’siri bitta dozadan keyin 180 soatgacha davom etadi va hech qanday nojo‘ya ta’sirlar yo‘q” deb va’da qilinadi postda.
Bunday nomdagi dori vositasi Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilmagan.
Garchi bu mahsulotlar qon tomirlarini kengaytirishi, qon oqimini yaxshilashi yoki hatto gormonlar darajasini oshirishi mumkinligi da’vo qilinsa-da, hozirda ularning samaradorligini tasdiqlovchi dalillar ko‘p emas.
Ko‘pincha retseptsiz dori-darmonlar shoxli echki o‘ti, jenshen va L-arginin kabi o‘simlik tarkibiy qismlarini o‘z ichiga oladi.
Ushbu o‘simlik qo‘shimchalarining haqiqiy foydasi borligi haqida dalillar ham kam uchraydi. Samaradorlik haqidagi ma’lumotlarning yetishmasligi bilan bir qatorda, ba’zida ushbu mahsulotlarda ishlatiladigan noma’lum, ko‘pincha tekshirilmagan ingredientlarning ko‘pligi tufayli retseptsiz sotib olinadigan alternativalardan qochish ayniqsa muhimdir.
Nima qilish kerak?
Agar siz potentsiya muammolariga duch kelsangiz, shubhali Internet vositalaridan foydalanib, bu muammoni hal qilishga urinmasligingiz kerak. Tegishli davolanishni tayinlaydigan shifokorga murojaat qiling. Malakali mutaxassis ishonchli va salomatlikni tiklashga yordam beradigan xavfsiz hamda samarali dori-darmonlarni tanlaydi.
Bir necha kunda tuzalish mumkinmi?
Prostatitni davolash ham erkaklar orasida dolzarb mavzudir. Internetda prostatitdan atigi 3-4 kun ichida xalos bo‘lishni va’da qiladigan ko‘plab reklamalarni topishingiz mumkin. Masalan, Urion preparati misolida. Ushbu mahsulotning reklamasi bizni saytga olib boradi.
Shoshilinch bolalar jarrohligi va travmatologiyasi ilmiy-tadqiqot institutida rossiyalik jarroh Leonid Roshal va Prezident Vladimir Putinning uchrashuvidan olingan fotosuratlar mavjud. Prostatitni davolovchi vositalarni reklama qilish va sotishga bu suratlarning hech qanday aloqasi yo‘q va shifokorning o‘zi uning davolash mavzusi haqida gapirmagan.
Urion nomli dori vositasi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tmagan.
Javob: prostatitni tezda davolash mumkin emas.
Bu shifokor nazorati ostida davolanishning kompleks va individual yondashuvni talab qiladigan jiddiy kasallikdir.
Tezkor tuzatishlar nafaqat samarasiz, balki sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi ham mumkin. Faqatgina professional tibbiy yordam va tasdiqlangan usullar erkaklar salomatligini saqlash va yaxshilashga yordam beradi.Internetning oʻzbek segmentida topish mumkin boʻlgan “sehrli” dorilarga misollar: Kalibra extra, Green power, Al Ladani, Prostoshifo, La prost, Tiara Forte.