Uchmay qolgan – “Uchartoʻp”

Улашиш:

Esingizdami yangi milliy “Uchartoʻp” jamoaviy sport turi yaratilgan edi. 

Marhamatlik innovator Jamoliddin Boʻtaqulov tomonidan oʻyin qoidalari shu darajada tushunarli va sodda qilib yozilgandi. Tumandagi 24-maktab oʻquvchilari ishtirokida oʻynalgan oʻyinlar butun Oʻzbekiston boʻylab Zoʻr TV, Sport TV va koʻplab TV, radio, jurnal, gazeta, veb sayt va ijtimoiy tarmoqlarda yangilik sifatida yoritilgan edi.

Sangzor.uz ham bu yangilikni jamoatchilikka o’sha vaqtda yetkazgan edi. Markaziy Osiyo davlatlari jurnalistlarini ham befarq qoldirmagan “Uchartoʻp” o’yinini  Qozogʻiston va Tojikiston hududlarida ham rivojlantirish uchun takliflar bildirilgan.

Yaqinda ham bu haqda yangiliklar berilayotgan edi, biroq “Uchartoʻp” toʻxtatilgani haqida innovator Telegram botimizga yozib qoldi. Nafaqat oʻzbekistonlik bolalar, balkim Markaziy Osiyolik yoshlar oʻynashi mumkin boʻlgan shunday qiziqarli oʻyinni tegishli idora masʼullari sababini oʻrganishmayotgan ekan. 

- Axir bu oʻsib kelayotgan yosh avlodni sport bilan shugʻullanishi va yangi sport turidan yangi chempionlarni yetishtirib berish yoʻllaridan biri sanaladiku – deydi J.Bo’taqulov o’z maktubida.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.