O‘smir chips sababli o‘lganmi?

Улашиш:

Haqiqatan ham snek yeyishdan o‘lish mumkinmi?

Yosh yigitchaning o‘limi haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Xabarda aytilishicha, u “qadoqlari tobutga o‘xshash qilib ishlangan, dunyodagi eng achchiq chipslarni yeb vafot etgan. O‘lim sababi murdani yorib tekshirganda tasdiqlandi”.

Haqiqatan ham shundaymi?

HUKM: QISMAN TO‘G‘RI

O‘smir haqiqatan ham dunyodagi eng achchiq qalampirlardan biri deb ataladigan Caroline Reaper va Naga Viper qalampiri ekstrakti bilan Paqui chipslaridan bir bo‘lak yegan va shundan so‘ng u o‘zini yomon his qilgan.

Keyin u kasalxonaga yotqizilgan va keyinroq uning o‘limi haqida ma’lum bo‘lgan. Biroq, hamma nashrlarda ham yigitning yuragi bilan bog‘liq muammolari borligi aytilmagan.

OAV bir nechta manbalarga havola qilmoqda. Medicalxpress xabariga ko‘ra, murdani yorilishi bilan o‘smirning yuragi kattalashgan, bu uning o‘limiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelingan.

Shuningdek, APda o‘smir “yaqinda kapsaitsin kontsentratsiyasi yuqori bo‘lgan yegulikni iste’mol qilganligi sababli” yurak-o‘pka faoliyatining to‘xtashidan vafot etgan, degan xulosa keltiriladi. Kapsaitsin chili qalampiriga achchiklik beruvchi komponentdir.

Vaziyat Paqui chipslari brendiga ta’sir qildi, u bosh suyagi tasvirlangan tobut shaklidagi qadoqlarni ba’zi javonlardan olib tashladi. Shu bilan birga, qadoqning o‘zida ham ehtiyot choralari haqida yozilgan. Xususan, unda mahsulotni bolalardan uzoqroq saqlashzarurligi, agar achchiq yeguliklarga ta’sirchanlik bo‘lsa, iste’mol qilmaslik kerakligi aytiladi, bu chipslar homilador ayollar va boshqa toifadagilar uchun tibbiy sabablarga ko‘ra tavsiya etilmaydi.

Shunday qilib, agar yurak bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa yoki bunday mahsulotlar shifokorlar tomonidan tavsiya etilmasa, juda achchiq chipslar sog‘liqqa ta’sir qilishi mumkin.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.