O‘zbekistonda ko‘z saratoniga chalingan bolalar soni ko‘payaptimi?

Улашиш:

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlardan birida “O‘zbekistonda bolalar o‘rtasida ko‘z saratoni bilan kasallanish holatlari keskin ko‘paygan… Kasallikning bunday keskin o‘sishiga bolalar ko‘p vaqt o‘tkazadigan telefonlar sabab bo‘lmoqda”. Xabar 160 ming martaga yaqin ko‘rilgan.

Factchecknet.uz ushbu xabarni tekshirib ko‘rdi.

HUKM: MANIPULYATSIYA 

Bolalar milliy tibbbiyot markazi Gemotologiya va onkologiya bo‘limi xodimi Kamol Iskandarovga ko‘ra, haqiqatan ham amaliyotda respublika bo‘ylab bolalar orasida ko‘z saratoniga uchrash holatlarida o‘sish kuzatilgan. Bu aholi sonining o‘sishi va saraton diagnostikasi jarayonining yaxshilanishi bilan bog‘liq. Shifokor ko‘z saratoni va gadjetlarning aloqadorligi haqida ilmiy tadqiqotlar bilan tanish emasligini bildirdi.

Xuddi shunday xabar Zamon.uz yangiliklar platformasi va uz24.uz nashri tomonidan ham ulashilgan. Biroq bunday mazmundagi xabar rasmiy manbalarda uchramaydi.

Ilgariroq Factchecknet.uz gadjetlardan foydalanish ko‘z saratoniga sabab bo‘lishi haqiqatga qay darajada yaqin ekanligini tekshirgan edi. Unga ko‘ra, “taxminan 1600 kishini qamrab olgan tadqiqot, odamning uyali telefondan taxminan o‘n yil foydalanish muddati va ko‘zning melanomasini rivojlanish xavfi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik aniqlanmagan”.
Faktchekerlar hamjamiyati
ga qo‘shiling.

2014-2024 SANGZOR.uz. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.