Toshkentlik millioner kam daromadli aholiga pul tarqatyaptimi?

Улашиш:

Facebookda toshkentlik yosh millioner kam daromadli aholiga pul tarqatayotgani, har bir kishi 700 ming so‘mdan yordam puli olishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi.

Factchecknet.uz xabar mazmunini tekshirdi.

HUKM: YOLG‘ON

Xabarga ko‘ra, yosh millioner Mustafo ismli yigit Aliya ismli qizning telegram kanalida ishlab, shu darajada boylik to‘plashga erishgan. Aliya boshqa istovchilarga ham bunday yordam berishga tayyor.

Shuningdek, xabarda Aliya O‘zbekistonda faoliyat olib borish uchun litsenziyaga ega ekanligi aytiladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan litsenziyaning soxtalashtirilganligini bir nechta belgilar orqali bilib olish mumkin:

  1. O‘zbekistonda moliyaviy amaliyotlar uchun jismoniy shaxsga bu tartibda litsenziya berish tajribasi mavjud emas;
  2. Litsenziyada Aliyaning familiyasi ko‘rinmaydi;
  3. Bu kabi hujjatlar Prezident tomonidan imzolanmaydi, shuningdek, Prezident imzosi soxtalashtirilgan. Shu kabi moliyaviy firibgarlik holatlarida davlat rahbari imzosi soxtalashtirilgani haqida factchecknet.uz ilgariroq ham yozgan edi.

Haqiqiy imzo ko’rinishi

4. Muhr soxtalashtirilgan. Unda Toshkent viloyati va Zayniddin Parpievich kabi nomlar ko‘rinadi.

Factchecknet.uz ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarni bu kabi tovlamachilik holatlarida aldanib qolmaslikka va vizual shuhbali jihatlarga e’tibor berishga chaqiradi. Bu kabi xabarlar ko‘p hollarda shubhali akkauntlar tomonidan tarqatiladi. Xususan, yuqoridagi xabar “Bonz spl” nomli sahifa tomonidan ulashilgan.

2014-2024 SANGZOR.uz. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.