Papillomalarni kir sovun bilan davolash mumkinmi?

Улашиш:

Telegram kanalida papillomalarni davolashning go‘yoki xalq usuli tarqaldi.

“Biz 72% li kir sovunini olib, zararlangan joyni ishqalaymiz. Kechasi papillomalar joyiga sovunni  qo‘ying va ertalab yuvib tashlang”, — deyiladi xabarda.

HUKM: YOLG‘ON

Papillomalar — terining sirtidagi kichik o‘smalar. Ular tananing har qanday joyida paydo bo‘lishi mumkin va ko‘pincha terining bo‘yin kabi ishqalanishga moyil bo‘lgan joylarida paydo bo‘ladi.

Yer yuzidagi ko‘pchilik odamlar papilloma virusi bilan kasallangan va immun tizimi kuchli va chidamli bo‘lsa, ko‘pincha kasallik alomatlarsiz bo‘ladi. Teri ustida papillomalar paydo bo‘lishi odatda kosmetik nuqson sifatida qabul qilinadi, ammo ular onkologik o‘smalarga aylanish xavfi mavjud.

Papillomalardan qutulishning bir necha yo‘li mavjud.

Ba’zi odamlar  xalq tabobatidan, jumladan sovundan foydalanishni afzal ko‘radilar, ammo mutaxassislar bu masala bo‘yicha turli fikrlarga ega.

Odamlar uzoq vaqt davomida kir yuvish sovuni yordamida papillomadan xalos bo‘lishga harakat qilmoqdalar, ammo bu usul samarali emas.

Rasmiy tibbiyot papillomalarni davolash uchun kir sovunidan foydalanishni tavsiya etmaydi. Ushbu usulning ehtimoliy salbiy oqibatlaridan kelib chiqib, ayniqsa surunkali teri kasalliklari mavjud bo‘lganda, tavsiya etilmaydi, chunki sovun tarkibida teriga zararli bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishqor va kislotalar mavjud.

Ular teriga tushsa, qichishish, ba’zan allergik reaktsiyalarni keltirib chiqarishi, shuningdek, vaziyatni yomonlashtishi mumkin. Papillomalarni olib tashlash uchun kir yuvish sovunidan foydalanish samaradorligi jiddiy shubhalarni keltirib chiqaradi.

2014-2024 SANGZOR.uz. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.