Toshkentda tornado sodir bo‘ldimi?

Улашиш:

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtda tornado kuzatilganligi haqida xabarlar tarqaldi (123).

“Bo‘ron Qo‘yliqdan o‘tib, o‘z yo‘li bo‘ylab qurilish materiallarini sochdi”, — deyiladi xabarda.

HUKM: FEYK

Shamol bo‘ronlari va tornadolar o‘rtasida farq bor. Odatda, tornado bulutlardan yer tomon tortiladi. Bunda aylanuvchi shamol tezligi soatiga 150 dan 500 km gacha bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda shamol unchalik kuchli emasligi, o‘simliklarni ildizi bilan yulib tashlamaganligi, binolarni vayron qilmaganligi ko‘zga tashlanadi.

Oʻzbekistonda avvalroq Oʻzgidromet tornadolar paydo boʻlishiga izoh berib, bu hodisa uzoq davom etadigan yogʻingarchiliksiz yoz kunlarida tez-tez uchrab turishi, biroq xavfli emasligini taʼkidlagan edi.


2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.