Endometrioz haqida miflar

Улашиш:

“Medicial News Today” nashri bir qancha tibbiy tushunchalar haqidagi miflarni fosh qilgan. Shulardan biri endometrioz haqidagi miflardir. 

1-mif: Endometriozda hayz og‘iriqli o’tadi 

Fakt: Hayz ko’rgan ayollarning yarmidan ko’pi bu paytda biroz og’riqni boshdan kechiradi.  Kuchli og’riq ba’zida endometrioz mavjudligini ko’rsatishi mumkin, ammo bu har doim ham shunday bo’ladi degani emas. Og’riq boshqa sohalarda, masalan, ichak og’rig’i, siydik og’rig’i, ovulyatsiya og’rig’i, shuningdek, tananing boshqa joylaridagi og’riq sifatida namoyon bo’lishi mumkin. 

2-mif: Homiladorlik endometriozni davolaydi

Fakt: Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, homiladorlik endometriozli ayollar uchun foyda keltirmaydi. Bundan tashqari, olimlarning ta’kidlashicha, homiladorlik davrida endometriozning ayrim lezyonlari regressiyani ko’rsatsada, boshqalari barqaror bo’lib qoladi yoki kuchayadi.

3-mif: Gisterektomiya (bachadonni olib tashlash) endometriozni davolay oladi

Fakt: Endometrioz tuxumdonlar tomonidan ishlab chiqariladigan estrogenga javob beradi. Shuning uchun bu amaliyot endometriozni davolamaydi. Endometriozning har xil turlari mavjud, ular faqat sirtdagi jarohatlardan ichak va boshqa organlargacha kirib borishi mumkin. Bu tip chuqur infiltratsion endometrioz deb ataladi. Tuxumdonlarni olib tashlansa ham, bu jarohatlar yaxshilanmaydi. 

4-mif: Endometrioz faqat ayol jinsiy organlariga ta’sir qiladi

Fakt: Endometriozning aksariyat turlari reproduktiv organlarga ta’sir qilmaydi, ammo qorin bo’shlig’ining ichki qismida qorin parda deb ataladigan yuzaga joylashadi. Shu narsa og’riqni keltirib chiqarishi mumkin. Ammo, endometriozni deyarli hamma joyda topish mumkin va u o’pkaning shilliq qavatida va hatto miyada ham kuzatilishi mumkin.

5- mif: Endometrioz har doim og’riq keltiradi

Fakt: Tadqiqot ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, endometrioz tashxisi bo’lgan ayollarning 60% dan ortig’ida to’sh sohasida og’riqlar kuzatiladi. Ammo ba’zi odamlarda hech qanday og’riqni boshdan kechirmasa ham endometrioz tashxisini olishi mumkin.

6-mif: Endometrioz bepushtlikka teng. 

Fakt: Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, endometrioz kasalligiga chalingan ayollarning 30-50%i homilador bo‘lishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Ammo endometrioz kasaligiga chalingan ayollarning hammasi bepusht bo’ladi degani emas. 

7-mif: Abort endometriozga olib keladi.

Fakt: Endometriozning aniq kelib chiqish sababi hali noma’lum bo’lsada, genetik bog’liqliklar taxmin qilinadi. Abortning endometriozga olib kelishi haqida hech qanday dalil yo’q.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.