Energetika vazirligi AQShda elektr energiyasi iste’moli darajasi haqidagi ma’lumot faktchekini o‘tkazishga qaror qildi. Bunga ijtimoiy tarmoqlardagi videolavha sabab bo‘ldi.
Ushbu xeshtegning rasmiy Telegram-kanalga kiritilishi vazirlik darajasida faktchekning ahamiyatiga e’tibor qaratganidan dalolat beradi. Albatta, doimiy ravishda nashr qilish uchun sabablar har kuni paydo bo‘lmasligi mumkin, ammo bunday qadam, albatta, dolzarbdir.
Keling, Energetika vazirligi Progressiv islohotlar markaziga tayanib qanday savollarga javob izlaganini ko‘rib chiqaylik.
Videoda yigit oyiga uchta elektromobil va 10 ta konditsioner uchun O‘zbekistonda AQShdagidan ko‘proq pul to‘lashini ta’kidlaydi. U yerda go‘yoki 3000 kVt/soat elektr energiyasi uchun 150 dollar to‘lash kerak emish.
Nashr AQSh shtatlarida elektr energiyasi narxining bir nechta variantlarini ko‘rib chiqishni taklif qiladi:
Eng arzon tarif Yuta shtatida – u yerda 1 kVt/soat elektr energiyasi uchun 11,07 sent, 3000 kVt soat uchun 351 dollar to‘lash kerak.
Nyu-Yorkda elektr energiyasi uchun to‘lov 689 dollar yoki deyarli 9 million so‘mni tashkil etadi, chunki bu yerda 1 kVt/soat elektr energiyasi 22,97 sent turadi.
Eng qimmat tarif – 3000 kVt/soat energiya uchun 45,19 sent, Gavayi aholisi 1356 dollar yoki 17 million so‘m to‘laydi.
“Ijtimoiy tarmoqlardagi har qanday ma’lumot tekshirilishi kerak”, – deyiladi xabarda.
Qo–shma Shtatlarda qoidalarni belgilaydigan Energetika vazirligi mavjud va elektr energiyasini ishlab chiqarish va tarqatish uchun mas’ul kompaniyalar bor.
Misol uchun, elektr energiyasi bo‘yicha yetakchi mahalliy kompaniyalarning elektr tariflariga ro‘yxatdan o‘tishga yordam beradigan “Electric Choice” veb-sayti elektr tariflarini ham taqdim etadi. Misol uchun, Yuta shtatida yanvar oyida u bir kilovatt uchun 10,63 sentni, Nyu-Yorkda 19,30, Gavayada 32,76 sentni tashkil etdi.
Faktchek xeshtegi bilan asl axborotda ma’lumotlar manbalariga havolalar mavjud emas, lekin umuman olganda, raqamlar minimal darajada farq qiladi. Bu vazirlik uchun birinchi qadam bo‘lib, boshqa davlat idoralari va organlari uchun faktchek kontentini yaratishga turtki bo‘lishi mumkin.
Energetika vazirligi Progressiv islohotlar markazi ma’lumotlarini yana bir bor tekshirib ko‘rishi va ko‘r-ko‘rona qayta nashr etmasligi ham bu yo‘nalishda yaxshi qadam bo‘lar edi. Bu haqiqiy faktchek tomonga tashlangan birinchi qadam bo‘ladi.