Vesti.uz Telegram kanali Rossiyaning barcha telekanallari Parijdagi Olimpiada o‘yinlarini ko‘rsatishdan bosh tortgani haqida xabar berdi.
HUKM: QISMAN ROST
Faqatgina Rossiyaning federal telekanallari Parijdagi 2024-yil 11-avgustda yakunlanadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarini translyatsiya qilishdan bosh tortdi.
Birinchi bo‘lib “Birinchi kanal” va “Rossiya-1” telekanallari rad etish haqida xabar berishdi. Keyinchalik ularga Match TV qo’shildi.
Ushbu qarorning sabablari turlicha:
– «Birinchi kanal» va «Rossiya-1» kanallari siyosiy sabablarga ko’ra – Rossiya ramzlari (bayroq va madhiya) yo’qligi sababli rad etishdi.
– «Match TV» o’yinlarni translyatsiya qilish moliyaviy foyda keltirmaydi , chunki ularda cheklangan miqdordagi rossiyalik sportchilar qatnashadi degan sabab keltirdi.
Bu Rossiya aholisi Olimpiadani umuman ko’ra olmaydi degani emas.
Ba’zi onlayn sport nashrlari va onlayn xizmatlar o’yinlarni translyatsiya qiladi. Masalan, VK matbuot xizmati Olimpiya o’yinlaridan jonli reportajlar mavjud bo’lgan sahifalar VK Video-da ko’rsatilishini xabar qildi.
Shuningdek, Olimpiya o’yinlaridan reportajlar har doim sun’iy yo’ldosh televideniyesi va turli Internet xizmatlari orqali mavjud.