Telegram kanallarda sovuq suvda cho‘milish inson organizmi uchun foydaliligi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.
Factchecknet.uz mazkur xabar qay darajada haqiqatga yaqinligini tekshirib koʻrdi.
HUKM: QISMAN ROST
“Healtline” tibbiy nashriga ko‘ra, ham sovuq, ham issiq dush qabul qilishning inson sog‘ligi uchun ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Sovuq suv teri quruqlashishining oldini olishga, issiq dush esa mushaklarni bo‘shashtirishga yordam beradi. Agar terining qichishishiga olib keladigan teri kasalliklari kuzatilayotgan bo‘lsa, sovuq dush noxushlik tuyg‘usini yengishga xizmat qiladi. Sovuq suv yurak urishi tezligi, hushyorlikni oshiradi, qon aylanishini yaxshilaydi. Sovuq dush gipertoniya yoki yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan odamning qon aylanish tizimini yallig‘lanishni kamaytiradi va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishga yordam beradi. Shuningdek, sovuq dush intensiv mashg‘ulotlardan keyin mushaklarning og‘rig‘ini kamaytirishga yordam beradi.
Sovuq dush qabul qilishning afzalliklari quyidagilardan iborat:
- qichishgan terini tinchlantiradi;
- qon aylanishini yaxshilaydi;
- mashqdan keyin mushaklar og‘rig‘ini kamaytiradi;
- vazn yo‘qotishda yordam beradi.
Shuni inobatga olish kerakki, tana sovuq qotgan holatda sovuq dush qabul qilish mumkin emas.
Sovuq suv regenerativ xususiyatlarga ega bo‘lganligi sababli, mushaklar bo‘shashadi va og‘ir mashqdan keyin tiklanadi. Sovuq dush vazn yo‘qotishga ham yordam beradi. Ba’zi yog‘ hujayralari, masalan, jigarrang yog‘lar vazn yo‘qotishga yordam beradi. Ular tana dush kabi sovuq sharoitlarga kirganda o‘z funksiyasini bajaradi. Gerrit Kefershteynning aytishicha, bu hujayralar asosan bo‘yin va yelka atrofida joylashgan. Sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassisi doktor Jaklin Shaffer, tibbiyot fanlari doktori, sovuq suv qon oqimini siqadi va toraytiradi, deya ta’kidlaydi.
NaturallyCurly.com veb-saytida chop etilgan maqolaga ko‘ra, sovuq suv soch kutikulasini yopadi va mustahkamlaydi. Bundan tashqari, sovuq suv, issiq suvdan farqli o‘laroq, sebum qatlamini quritmaydi, tabiiy ravishda yog‘langan to‘siq teri va sochni himoya qiladi. Sovuq suvning ta’siri natijasida sochlar vaqt o‘tishi bilan kuchliroq va sog‘lom bo‘lishi mumkin.