Ijtimoiy tarmoqlarda Vladimir Putin tolibonlar terrorizmga qarshi kurashda Moskvaning ittifoqchisi degani haqida xabarlarlar nashr qilinmoqda. Ayni paytda “Tolibon” Rossiya Federatsiyasida terrorchi tashkilot sifatida tan olingan.
HUKM: ROST
“Tolibon harakati oʻz zimmasiga maʼlum majburiyatlarni oldi va umuman, mamlakat ichida ham, xalqaro hamjamiyatda ham doimiy eʼtiborni talab qiladigan masalalar bor, lekin umuman olganda, biz “Tolibon” harakati mamlakatdagi hokimiyatni nazorat qilayotganidan kelib chiqishimiz kerak. Shu ma’noda Tolibon terrorizmga qarshi kurashda biz uchun, albatta, ittifoqchidir”, — dedi u jurnalistlar savollariga javob berib.
“Tolibon” Rossiyada 2003-yilning mart oyidan beri Oliy sud qarori bilan terrorchi deb tan olingan.
2024-yil aprel oyida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi uning terrorchi tashkilot maqomini olib tashlash “muammo ustida ishlayotganini” eʼlon qildi. May oyi oxirida Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi Putinga “Tolibon” harakati taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Rossiya rahbariyatining bayonotlari va baholaridagi bu qarama-qarshilik ma’lum oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Birinchidan, bu harakatni mamlakat ichida terrorchi tashkilot sifatida tilga olish, lekin ayni paytda terrorizmga qarshi kurashda aynan o‘sha Tolibon bilan hamkorlik va ittifoqchilik haqida gapirish qabul qilingan qarorlarning izchilligiga shubha tug‘dirishi mumkin.
Ikkinchidan, bunday yondashuv Rossiyaning terrorizmga qarshi kurashdagi xalqaro qonuniyligiga, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik siyosatidagi hamkorlik va koalitsiya qurishga ta’sir qilishi mumkin.