C vitamini yetishmovchiligi semirishga sabab bo‘ladimi?

Улашиш:

Ijtimoiy tarmoqlarda inson organizmida C vitamini miqdorining kamligi semizlikka olib kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Maʼlumotlarga ko‘ra, Yangi Zelandiyaning Otago universiteti olimlari shu masalaga bag‘ishlangan tadqiqot o‘tkazgan.

Factchecknet.uz keltirilgan faktlarni o‘rgandi.

HUKM: ROST 

C vitamini (askorbin kislotasi) muhim oziq moddalar sifatida keng tan olingan. Bu suvda eriydigan vitamin antioksidant bo‘lib, organizmni yallig‘lanishdan himoya qiladi, immunitetni oshiradi, teri va sochni sog‘lom saqlashda, yaralarni davolashda muhim rol o‘ynaydi

Otago universiteti, Christchurch ishtirokidagi yangi xalqaro tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, C vitamini yetishmovchiligi tana vazni ortishi bilan sezilarli darajada bog‘liq. Semirish organizmdagi vitamin C dozasiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yallig‘lanishga olib keladi. Natijada, oksidlanish stressini va organizmda C vitamini almashinuvini oshiradi.

C vitaminining yetishmovchiligi vazn ortishiga olib kelishi rost. Shuningdek, C vitaminining inson tanasidagi normal me’yori kilogramm yo‘qotishga ham yordam beradi.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, C vitamini kam bo‘lgan odamlar o‘rtacha jismoniy mashqlar paytida C vitamini yetarli darajada bo‘lganlarga qaraganda 30% kamroq yog‘ yo‘qotadi. Boshqacha qilib aytganda, C vitamini  past bo‘lgan inson organizmi yog‘ massasini yo‘qotishda muammolarga duch kelishi mumkin.

C vitamini vazn yo‘qotishda qanday ishtirok etadi?

  •  C vitamini kuchli antioksidantdir. Mashqdan so‘ng, C vitamini mashqlar natijasida kelib chiqqan oksidlovchi stressni bartaraf etishga yordam beradi. Bu metabolizmni tezlashtirishi va ko‘proq kaloriyalarni yo‘qotishga yordam beradi. 
  • C vitamini vazn yo‘qotishining yana bir usuli temirning so‘rilishidadir. Ma’lumki, C vitamini tanadagi temirni singdirishga yordam beradi. Qon kislorodni mushaklarga yetkazish uchun temirga muhtoj; kislorod mushaklarning yanada samarali ishlashiga va ko‘proq yog‘ yoqilishiga yordam beradi.

Bundan tashqari,  C vitamini yog‘ molekulalaridan energiya ishlab chiqarishda katalizator ekanligi ma’lum. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, C vitamini organizmning yog‘larni oksidlash va energiya ishlab chiqarish qobiliyatida muhimdir. Shuning uchun C vitamini kamaygan odamlar o‘rtacha jismoniy mashqlardan keyin, C vitamini yetarli bo‘lgan odamlarga qaraganda kamroq yog‘ yoqadi. 

C vitaminiga boy oziq-ovqatlarga misollar: 

  • Apelsin (o‘rtacha 70 mg C vitamini) va greyfurt (o‘rtacha 64 mg) kabi tsitrus mevalari
  • Guavalar (125 mg) va kivi (70 mg) kabi tropik mevalar
  • Apelsin sharbati (3/4 stakanda 93 mg)
  • Qizil qalampir (1/2 stakanda 95 mg) 
  • Sariq qalampir (1/2 stakanda 135 mg)
  • Qora smorodina (1/2 stakanda 100 mg)

Shuni yodda tutish kerakki, C vitaminidan vazn yo‘qotish uchun sehrli davo sifatida foydalanilmaydi. Ammo uni qo‘shimcha vosita sifatida ishlatish, muntazam jismoniy mashqlar va sog‘lom ovqatlanish bilan birga vazn yo‘qotishga erishishga yordam beradi. C vitamini qo‘shimcha kaloriyalarni iste’mol qilmasdan ozuqa moddalarini olishga yordam beradi. Shu bilan birgalikda, ozishni istagan odam faol ravishda mashq qilishi va tegishli parhezga rioya qilishi kerak.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.