7 yoshli bolaning ogʻzida 526 ta tish bo‘lgani rostmi?

Улашиш:

Telegram kanallarida shifokorlar 7 yoshli hindistonlik bola ogʻzidan 526 ta tish topganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Factchecknet.uz bu maʼlumotlar qanchalik asosli ekanini tekshirdi.

HUKM: ROST 

Hindistonlik jarrohlar bergan ma’lumotlariga koʻra, vaqti-vaqti bilan tishlari ogʻrigan 7 yoshli bolaning jag‘ida 526 ta tish borligi aniqlangan.

Bu voqea 2019-yil 1-avgust kuni sodir boʻlgan.

7 yoshli bola jagʻida 526 ta tish borligi aniqlangan

Chennaydagi Saveetha stomatologiya kolleji va shofoxonasida oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotidan soʻng, yuzlab tishlar bolaning pastki jag‘ining molar qismida joylashgan qop ichidan topilgan.
“Tishlar o‘zgaruvchan oʻlchamlarda bo‘lib, ularning eng kichigi 0,1 mm dan, eng kattasi 3 mm gacha edi. Ularning har birida kichik toj, emal va kichik ildizi bor edi”, — deydi shifoxonaning og‘iz bo‘shlig‘i va yuz-jag‘ patologiyalari bo‘limi mudiri Pratibha Ramani.

Pastki jagʻ rentgen tekshiruvi xulosasi

“Biz pastki jag‘ning yuqori qismini teshib, xaltani olib tashlashimiz kerak edi. Toʻqimalarga chuqurroq kirib borar ekanmiz, tishlarning hajmi juda kichik bo‘lib borardi”, — deya qo‘shimcha qilgan Ramani.

Jagʻ qopchasidagi 526 ta tish koʻrinishi 

Bolaning og‘iz boʻshlig‘ida tishlar soni koʻp boʻlsa-da, kuchli og‘riqlar kuzatilmagan. Uni bezovta qilgan yagona narsa — pastki jagʻ tomonda tish chiqmagan va vaqti-vaqti bilan kichik ogʻriqlar kuzatilgan. Keyinchalik hajmi kattalashib borayotgan yengil shish paydo boʻlgan.
“Bola murakkab kompozit odontomayaxshi xulqli o‘simtadan aziyat chekkan. Vaziyat genetikmi yoki atrof-muhit omillaridanmi, noma’lum”, — deydi shifokor.

Chennaydagi operatsiya taxminan ikki soat davom etgan. Ammo barcha tishlarni tahlil qilish uchun mutaxassislarga 10 kun kerak boʻlgan.
Bolaning  21 tishi sogʻlom va ushbu jarrohlikdan 3 kun oʻtib, uning ahvoli yaxshilangan. Shundan so‘ng bolaga uyiga ketishiga ruxsat berilgan.

Bola va jarrohlik guruhi

Bunday vaziyat juda kam uchraydi. Ammo shunga oʻxshash holat 2014-yilda Mumbayda ham kuzatilgan. Shifokorlar 7 soatlik operatsiyadan keyin 17 yoshli bolaning ogʻzidan 232 ta tishni olib tashlashgan.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.