Kartoshkadan yoshartiruvchi krem tayyorlasa bo‘ladimi?

Улашиш:

Yaqinda internetda kartoshkadan tayyorlanadigan yoshartiruvchi krem haqida tarqalgan xabarlar ko‘plab da’volarni o‘z ichiga oladi. Ushbu krem yuzdagi ajinlarni yo‘qotish, terini tortish va oqartirish, dog‘larni yo‘q qilish va qosh-kipriklarni qalinlashtirish kabi natijalarni berishi aytilmoqda. Bu da’volar ilmiy jihatdan qanchalik asosli?

Factchecknet.uz mavzuni o‘rgandi.

HUKM: YOLG‘ON

Kartoshka tarkibida teri uchun foydali bo‘lgan C vitamini va B6 vitamini mavjud. C vitamini antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lib, terini zararli ta’sirlardan himoya qilishga yordam beradi. Shuningdek, B6 vitamini ham teri salomatligi uchun muhim hisoblanadi. Ammo kartoshka kremi yoshartiruvchi ta’sir ko‘rsatishi haqidagi da’volarni qo‘llab-quvvatlovchi ilmiy tadqiqotlar mavjud emas.

“Wyell+Good” nashrining dermatologlari kartoshka pulpasining yallig‘lanishni kamaytiruvchi va terini yorqinlashtiruvchi xususiyatlarga ega ekanligini ta’kidlaydi, lekin uni xom holatda teriga surish tavsiya etilmaydi, chunki bu mikroblar rivojlanishiga olib kelishi va terida noxush tirnalish xususiyatini keltirib chiqarishi mumkin. Professional tarzda tayyorlangan mahsulotlar xavfsizroq va samaraliroq bo‘lishi mumkinligi aytiladi.

“The Dermatology Reviyew”da keltirilganidek, uy sharoitida tayyorlanadigan kosmetik vositalar ko‘pincha samarasiz bo‘lib, teri uchun zararli bo‘lishi mumkin. Dermatologlar bunday uy sharoitida tayyorlangan vositalarda allergenlar, tirnash xususiyatini keltirib chiqaruvchi moddalar yoki mikroorganizmlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantiradi. Shuning uchun ko‘proq sinovdan o‘tgan va tasdiqlangan mahsulotlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Kartoshkadan tayyorlanadigan yoshartiruvchi krem haqidagi da’volar hech qanday ilmiy asosga ega emas va ularning samaradorligi haqida ishonchli dalillar yo‘q. Go‘zallik va teri parvarishi bo‘yicha maslahatlarga amal qilish uchun mutaxassislar, ya’ni dermatologlarga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonish o‘rniga, ilmiy jihatdan tasdiqlangan mahsulot va usullardan foydalanish tavsiya etiladi.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.