Pensiya pullarini bayramgacha berish va’da qilingan edi

Улашиш:

28-avgust kuni Telegram-kanallarda pensionerlarning pensiya pullari bayramgacha to‘lanishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

O‘zbekistonda Mustaqillik kunida vatandoshlar birdaniga to‘rt kun – 31-avgustdan 3-sentyabrgacha dam oldi. Pensiya to‘lovlari oyning birinchi kunlariga to‘g‘ri keladi, shuning uchun ko‘pchilikda bayramlarda ular qanday to‘lanishi haqida savol tug‘ildi.

 “Sentyabr oyi uchun pensiyalar 31-avgustgacha 15 foizga oshirilgan holda bank kartalariga o‘tkazilishini eslatib o‘tamiz. Pensiyalarni naqd pulda toʻlash tasdiqlangan jadvallar boʻyicha bayram dam olish kunlaridan keyin boshlanadi”, — deyiladi Telegram-kanallardagi (123) xabarlarda.

Haqiqatan ham pensiyalar shunday to‘landimi?

HUKM: BAJARILGAN

Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmatining ta’kidlashicha, mablag‘lar naqd pulsiz shaklda oluvchilarga 100% o‘tkazib berildi.

Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yilning sentabr oyi uchun to‘lovlar ro‘yxatiga kiritilgan 4,1 million nafar pensionerning mablag‘lari moliyalashtirilib, tijorat banklariga o‘tkazilgan.

Shuningdek, naqd pulsiz shaklda pensiya oluvchi 3,2 million fuqaroning (yoki jami oluvchilarning 78 foizi) bank kartalariga pul mablag‘larini to‘liq o‘tkazish ta’minlandi.Pensiya oluvchilarga naqd pul shaklida to‘lash 4-sentabrdan boshlab Xalq bankining ko‘chma kassalari orqali tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha amalga oshirildi.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.